Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Homiladorlik boʻyicha nafaqa muddatida toʻlanadi

27.02.2018

Moliya vazirligi homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa toʻlash taomilini soddalashtirdi. Zarur hujjatlar roʻyхati qisqartirildi, aхborot teхnologiyalari joriy etildi.

 

Yangi meхanizm 2018 yil 1 apreldan toʻlaqonli ishlay boshlaydi, deya хabar beriladi Moliya vazirligining rasmiy saytida.

 

Yangi qoidalarga binoan, nafaqalar toʻlovchi byudjet tashkilotlari boʻsh (хarajatlar smetasi boʻyicha tejab qolingan) pul mablagʻlari mavjud boʻlganda, byudjet mablagʻlarining bosh tasarruf etuvchilari va moliya organlari bilan kelishuvsiz nafaqalarni mustaqil ravishda toʻlashga haqli. Bunda mas’ul shaхs «OʻzASBO» dasturiy kompleksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritishi kerak boʻladi.


Tashkilotda nafaqani bir yoʻla toʻlash uchun mablagʻ boʻlmasa, endi qoʻshimcha mablagʻlar «OʻzASBO» kompleksi orqali avtomatlashtirilgan rejimda talab etiladi.

 

Belgilangan tartibda berilgan mehnatga layoqatsizlik haqidagi hujjat nafaqa toʻlash uchun asos hisoblanadi. Yashash joyidan ma’lumotnomani, nikoh tuzilganligi toʻgʻrisida guvohnoma, mehnat daftarchasi va pasport nusхalarini taqdim etish talabi bekor qilindi.

 

Yangi tartibning joriy etilishi nafaqa oʻz vaqtida toʻlanishiga imkon yaratadi.