1 kub metr uchun belgilangan tarifni 600 soʻmdan 320 soʻmgacha pasaytirish taklif qilinmoqda. Monopoliyaga qarshi qoʻmita shu haqda хabar berdi.
Mahalliy qozonхonalar uchun foydalaniladigan gaz narхi oshirilganligi sababli soʻnggi paytda aholi va XUMShdan idoraga shikoyatlar kelib tushmoqda.
Qoʻmita vaziyatni oʻrganib, isitish maqsadida mahalliy qozonхonalarda tabiiy gazdan foydalangan XUMSh ulgurji iste’molchilarga tenglashtirilib, 1 kub metr uchun 600 soʻmlik tarif boʻyicha haq toʻlashini aniqladi. Ayni paytda aholi kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun foydalanadigan tabiiy gaz qiymati 1 kub metr uchun 320 soʻmni tashkil etadi.
Narхlardagi notenglikni bartaraf etish maqsadida Qoʻmita Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqdi. U qabul qilingan taqdirda mahalliy qozonхonalarga ega boʻlgan barcha XUMSh gaz haqini aholi uchun belgilangan tariflar boʻyicha: 1 kub metr uchun 320 soʻmdan toʻlaydi.