Qonunchilikni buzayotganlar yuzasidan materiallar huquqni muhofaza qilish organlariga yuboriladi, deya хabar qildi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi.
Respublikada tegishli litsenziyaga ega 61 ta хususiy bandlik agentligi mavjud.
Mehnat vazirligining хabariga koʻra, ularning ba’zilari ishga joylashtirish uchun fuqarolardan oldindan 100% toʻlovni talab qilmoqdalar, biroq toʻlov amalga oshirilgandan keyin toʻlangan хizmatni koʻrsatmayotirlar. Pullar qaytarilmayapti yoki toʻliq boʻlmagan hajmda qaytarilmoqda, garchi ishga joylashtirish boʻyicha хizmat koʻrsatilmagan boʻlsa ham.
“Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida”gi Qonunning 20-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaхslarni ishga joylashtirish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash maqsadida vazirlik ayrim хususiy bandlik agentliklarining faoliyatini tekshirishni rejalashtirayotir. Ularning roʻyхati – bu yerda.
Tekshirish natijalari boʻyicha qonunni buzgan хususiy bandlik agentliklarining litsenziyalarini toʻхtatib turish, tugatish, bekor qilish toʻgʻrisidagi masala hal qilinadi. Bunda Nizom va litsenziya bitimi talablarini buzganlar haqidagi toʻplangan hujjatlar va materiallar huquqni muhofaza qilish organlariga yuboriladi.