Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Xususiylashtirish maqsadida mulk qiymatini baholash tartibi oʻzgaradi

07.07.2016

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi “Xususiylashtirish maqsadida mulk qiymatini baholash” (8-son MBMS) Mulkni baholash milliy standarti qayta koʻrib chiqilishi toʻgʻrisida e’lon qildi

 

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi Baholash tashkilotlari uyushmasi, Oʻzbekiston baholovchilar jamiyati, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda   “Xususiylashtirish maqsadida mulk qiymatini baholash” (8-son MBMS) Mulkni baholash milliy standarti qayta koʻrib chiqilishi toʻgʻrisida e’lon qildi. Tashabbus davlat aktivlari qiymatini baholash meхanizmini yanada takomillashtirishga qaratilgan.

 

Manfaatdor tashkilotlar tomonidan amaldagi normalarning tahlili oʻtkazilib, Milliy standartga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlandi. Ular taklif va mulohazalar bildirilishi uchun Davlat raqobat qoʻmitasi saytida umumiy muhokama uchun joylashtirilgan.  

 

Standartga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar matni bilan tanishish uchun havola boʻyicha oʻtish zarur.

 

Hujjatning ushbu loyihasi boʻyicha taklif va mulohazalar mavjud boʻlgan taqdirda ularni yozma shaklda  Davlat raqobat qoʻmitasining manzili yoki elektron pochtasiga license@umail.uz yuborish mumkin.

 

 

Mavzu boʻyicha materiallar:


 

AJlariga yordam sifatida 5 namunaviy nizom ishlab chiqildi

 

Uy-joy fondini хususiylashtirish tartibiga tuzatishlar kiritildi