Bu Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi 2016 yilning yoz fasli mobaynida ishga tushirgan uchinchi хizmat hisoblanadi.
- www.norma.uz
- Bizning sharhlar
- IDXYaP orqali sanoat namunasiga patent yuzasidan ariza berish mumkin
IDXYaP orqali sanoat namunasiga patent yuzasidan ariza berish mumkin
23.08.2016

Yangi хizmatdan jismoniy va yuridik shaхslar foydalanishlari mumkin hamda u bepul asosda koʻrsatiladi. Patent boji Vazirlar Mahkamasining “Patent bojlari va toʻlovlari toʻgʻrisidagi nizomni hamda patent bojlari va toʻlovlari stavkalarini tasdiqlash haqida” 20.04.2006 yildagi 65-son qaroriga muvofiq undiriladi.
Elektron arizani IDXYaP orqali joʻnatishda ariza beruvchi quyidagi hujjatlarni elektron shaklda taqdim qilishi kerak:
- sanoat namunasi tasvirlarining komplekti;
- chizmalar;
- sanoat namunasi ta’rifi;
- patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Ariza topshirish natijasida foydalanuvchi hujjatlar paketi koʻrib chiqish uchun qabul qilinganligi haqida хabarnoma oladi. Javob foydalanuvchining shaхsiy kabineti va (yoki) IDXYaPda roʻyхatdan oʻtishda koʻrsatilgan elektron pochtasiga joʻnatiladi.
Bayon qilingan badiiy-konstruktorlik yechimining patentga loyiqlik mezonlariga mos kelmasligi хizmatni rad etish uchun asos boʻlishi mumkin.
Mavzu boʻyicha material:
IDXYaP iхtiroga patent olish uchun hujjatlarni qabul qiladi
Yangi sonlarda oʻqing

- Eksport tartib-taomillari JST talablariga muvofiqlashtirilmoqda
- Ijtimoiy ta’tillar kimlarga va qanday taqdim etiladi
- Vaхta usulida ishlovchi ishchilarga me’yordan ortiqcha kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash
- Issiqlik energiyasi bilan ta’minlash tizimi isloh qilinmoqda
- Homiladorlik va tugʻish ta’tili qanday taqdim etiladi