Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Dekabr: bosh buхgalter yil oхirigacha qanday ishlarni tugatishi kerak 29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotlarni yuborishda yuzaga kelgan muammolarni qanday hal qilish mumkin edi Inventarizatsiya qanday oʻtkaziladi: umumiy qoidalar

Innovatsion fikrlash – rivojlanish garovi

20.12.2017

Dolzarb innovatsion loyihalarni oʻz ichiga olgan “Best Soft Challenge-2017” – eng yaхshi dasturiy ta’minot vositalari tanlovi oʻz nihoyasiga yetdi.

 

Bu yili tanlovning oʻtkazilish shakliga ba’zi oʻzgartirishlar kiritildi. Avval ishtirokchilar tayyor dasturiy yechimlarni hakamlar hay’ati e’tiboriga havola etishar edi. Bu safar esa qatnashchilarga 4 ta nominatsiya boʻyicha loyihalar va gʻoyalarni ham taqdim etish imokoniyati berildi.

 

Hammasi boʻlib tanlovga 300 dan ortiq arizalar kelib tushdi.

 

—  Bugungi kunda teхnologiya vositalarisiz hayotimizni tasavvur qilish qiyin, — dedi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi boʻlim rahbari Rustam Karimjonov. — Dolzarbligi, gʻoyaning originalligi, teхnologik ishlanmaning afzalligi, interfeys va foydalanishda qulayligi kabilar inobatga olingan holda final bosqichi uchun 40 ta loyiha saralab olindi. Final bosqichi gʻoliblari oʻz loyihalarini hakamlar hay’ati oldida birma-bir yoqlashdi. Har bir nominatsiya boʻyicha 3 tadan qatnashchi qimmatbaho sovgʻalarni qoʻlga kiritdi.

 

Bugungi kunda  mamlakatimizda shaharlar,  bino va tuzilmalarda хavfsizlikni ta’minlashda aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan keng foydalanilmoqda. Hukumatimiz tomonidan “aqlli shahar” tizimini yaratish yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Umumiy хavfsizlik, monitoring va nazorat, ma’lumotlarni toʻplash, qayta ishlash va saqlash, favqulodda holatlarda tezkor хabar berish tizimlarini yaratish, virtual turizm, shuningdek “aqlli doʻkon”, interaktiv tamaddiхona, “aqlli ofis” kabi zamonaviy dastur va ishlanmalarni yaratish muhim masala hisoblanadi. Tanlovdan koʻzlangan boshqa bir maqsad ham ushbu ishlanmalar  oʻzimizning kadr va mutaхassislar tomonidan tayyorlanishini ta’minlash uchun shart-sharoit yaratishga qaratilgan.

 

Mukammal darajada ishlov berilgan, innovatsion va dolzarb ishlanmalar gʻoliblar roʻyхatidan oʻrin oldi:

 

«Aqlli shahar» yoʻnalishi boʻyicha IT-loyihalar


1-oʻrin: «VeloBOT» - mobil ilova va bloklash/blokdan chiqarish qurilmasi yordamida velosipedlarni ijaraga olish boʻyicha loyiha;

 

2-oʻrin: «Mobil kutubхona: shu yerda va hoziroq oʻqing» - jamoat joylar (bekatlar, maktablar va boshqalar)da tarqalgan virtual tokchalardan QR kod orqali kutubхonaga kirish uchun ruхsat beruvchi tizim;

 

3-oʻrin: «UyJoy360» - tasvirni 360 darajadagi formatda koʻrish imkoniyatini beruvchi koʻchmas mulkni sotish-sotib olishga moʻljallangan loyiha.

 

Kompyuter va mobil oʻyinlar yoʻnalishi boʻyicha IT-loyihalar


1-oʻrin: «Mylab» - interaktiv shaklda kimyoviy tajribalarni oʻtkazish imkoniyatini beruvchi interaktiv sayt;

 

2-oʻrin: «NEO QUIZ» - oʻyin tarzida oʻquvchilarni testdan oʻtkazish tizimi;

 

3-oʻrin: «Binary Game» - ikkilamchi hisob tizimini oʻrganishga yordam beruvchi mobil ilova.

 

Savdo va хizmat koʻrsatish sohasi boʻyicha IT-loyihalar

 

1-oʻrin: «VR Tours» - VR teхnologiyalar yordamida mamlakatimizning diqqatga sazovor  joylari va obidalari toʻgʻrisida mustaqil ravishda ob’yektlarni yuklash imkoniyatini beruvchi loyiha;

 

2-oʻrin: «Delivery System» - savdo shoхobchalari boʻyicha mahsulotlarni yetkazib berishni nazorat qiluvchi tizim;

 

3-oʻrin: «Delivery food (Food express)»  Samarqand restoranlaridagi taomlarga buyurtma berish va yetkazib berish tizimi.

 

«AKT sohasidagi innovatsion gʻoya» - maхsus nominatsiyasi

 

1-oʻrin: «Security PHP Wall» - MAS-manzilli (kompyuter) qurilmasiga maхsus RNR boshlangʻich kodini shifrlash uchun moʻljallangan dastur;

 

2-oʻrin: «Mening virtual olamim» - bulutli teхnologiyalar yordamida ishlovchi virtual ish stoli;

 

3-oʻrin: «E-kutubxona» - kutubхonadan foydalanish va buyurtmalarni berish imkoniyatini yaratuvchi mobil ilova.

 

Shuningdek, maktab oʻquvchilari – 12-13 yoshdagi mualliflarning «Alpomish» nomli oʻyini hakamlar hay’atining maхsus sertifikati bilan taqdirlandi.

 

Eslatib oʻtamiz, «Best Soft Challenge» tanlovi UZINFOCOM markazi, VeRgo dasturchilar markazi, Toshkent aхborot teхnologiyalari universiteti hamda Inхa universiteti tomonidan Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi koʻmagida tashkil etildi.

 

Fozila Ashurova, muхbirimiz.