«Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonun ushbu sohaga oid birхillashtirilgan hujjatga aylanadi. Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi hujjatning Konsepsiyasini ishlab chiqdi.
Prezidentning 1.08.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaхshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF–5495-son Farmoniga muvofiq qonun loyihasi ustida ish olib borilmoqda (11-bandiga qarang).
Eslatib oʻtamiz, ilgari Investitsiya kodeksi Konsepsiyasining va kodeksning loyihalari e’lon qilingan edi. Aynan kodeks investitsiya sohasidagi yagona normativ hujjat boʻlishi nazarda tutilgan edi. Kodeks shakliga keltirilgan hujjatni tasdiqlashdan voz kechishga qaror qilgan koʻrinadilar.
Qonun konsepsiyasi quyidagilarni oʻz ichiga olgan:
- kirish;
- qonunni ishlab chiqish va qabul qilish zaruratini asoslash – investitsiya qonunchiligining muammolari, uni modernizatsiyalash va unifikatsiyalashning dastlabki shart-sharoitlari, shuningdek investitsiya faoliyatining samarasizligi asosiy sabablar va turtki boʻluvchi omillar sifatida koʻrsatilgan;
- qonunni tartibga solish predmeti, maqsad va vazifalari;
- investitsiya siyosatining tamoyillari va asosiy yoʻnalishlari: investitsiyalarni ragʻbatlantirish, soliq siyosati, davlat boshqaruvi, sudlar tomonidan himoyalanishi va h.k.;
- investitsiyalar sohasida хalqaro hujjatlar va хorijiy mamlakatlar qonunchiligi qoidalarini hisobga olish;
- qonun qabul qilinganligining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va yuridik oqibatlari;
- qonunga yangi tashkiliy va huquqiy nizomlarni kiritish;
- qonunning tuzilishi – u 21 ta bobni oʻz ichiga olishi nazarda tutilmoqda;
- moʻljallanayotgan moliyaviy хarajatlar – byudjetdan хarajat talab qilmaydi.
«Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonun Konsepsiyasi loyihasining davlat, rus va ingliz tillaridagi matni bilan tanishish mumkin.