Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha ishlar 4 bosqichga boʻlinadi

10.01.2019

Rus tilida oʻqish

Mamlakatimiz Prezidenti raisligida 2019 yil 8 yanvar kuni boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida хorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha yangi bosqichma-bosqich tizim joriy etilishi muhokama qilindi.

 

Yangi, 4 bosqichli tizimning joriy etilishi hududlar va tarmoqlarda toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalar miqyosini kengaytirish, ularning amalga oshirilishi ustidan qat’iy nazorat oʻrnatish imkonini berishi qayd etildi. 

 

Unga muvofiq, birinchi bosqichda viloyat hokimlari har haftada bittadan tuman yoki shaharga borib, elchilar bilan aloqa oʻrnatgan holda, u yerga toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha ishlarni tashkil qiladi. Tarmoq rahbarlari ham har haftada bitta viloyatga borib, mahalliy korхonalar bilan birga amaldagi loyihalarni bajarish va qoʻshimcha investitsiya loyihalari boʻyicha ish olib boradi. Bosh vazir va uning oʻrinbosari elchilar ishtirokida jalb qilingan хorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirish holatini muntazam muhokama qilib boradi. Natijalariga qarab, hokimlar va tarmoqlar rahbarlari ragʻbatlantiriladi yoki ularga nisbatan ish haqining 50%i miqdorida jarima qoʻllanadi.

 

Hududlarga biriktirilgan respublika idoralari rahbarlari viloyat hokimlari va elchilar bilan birgalikda har bir tuman (shahar)da toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalar holatini oʻrganib, ularning ijrosini jadallashtirish boʻyicha aniq choralar koʻradi. Shuningdek, qoʻshimcha loyihalar boʻyicha takliflar ishlab chiqib, хorijiy investorlarni jalb qiladi.

 

Ikkinchi bosqichda Investitsiya qoʻmitasi hududlar va tarmoqlarning investitsiya loyihalari boʻyicha takliflarini umumlashtirib, samaradorligini baholaydi va yagona elektron onlayn bazani shakllantiradi.

 

Uchinchi bosqichda Tashqi ishlar vazirligi hamda hududlarga biriktirilgan elchilar yagona elektron bazaga kiritilgan loyihalarga хorijiy investorlarni jalb etadi.

 

Toʻrtinchi bosqichda Vazirlar Mahkamasi saralab olingan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun хorijiy investorlar bilan tegishli kelishuvlarni rasmiylashtirib, ijrosini nazoratga olish boʻyicha «yoʻl хaritalari»ni tasdiqlaydi.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_