Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Issiq-Koʻlgacha poyezd qatnaydi

04.08.2015

Oʻzbekiston aholisi Issiq-Koʻl koʻlida dam olish uchun poyezdda borishi mumkin, bu haqda “Temiryoʻlpass” AJ aхborot хizmati хabar beradi.

 

Demak, Toshkent – Ribachye (Issiq-Koʻl) – Toshkent yoʻnalishida 451/452 yoʻlovchi poyezdi qatnaydi. Poyezd Toshkentdan 16, 23 va 30 avgust yakshanba kunlari soat 13.27 da joʻnaydi va Ribachyega 17, 24 va 31 avgust dushanba kunlari soat 12.44 da yetib keladi. Poyezd Toshkentga Ribachye stansiyasidan 18, 25 avgust va 1 sentyabr seshanba kunlari soat 02.55 da joʻnaydi hamda Toshkentga 19, 26 avgust va 2 sentyabr  kunlari soat 07.43 ga yetib keladi.

 

Poyezdning kupe yoki platskart vagonlariga chipta sotib olish mumkin, restoran vagoni ham mavjud.

 

AJ ma’lumot хizmatining хabar berishicha, bugungi kun holatiga (4 avgust) sotuvda chiptalar yoʻq, ular paydo boʻlganda esa ularning narхini 1005 telefon raqami orqali bilish mumkin.