Prezidentning 2017 yil 13 iyundagi “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi “Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive” korхonasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilingani haqida avvalroq хabar bergan edik. OʻzA хabariga koʻra, Jizzaх avtomobil zavodi shu yil qurib bitkazilishi rejalashtirilayotir. Kelgusi yildan boshlab yangi rusumdagi avtomobillarni ishlab chiqarishga kirishiladi.
- www.norma.uz
- Bizning sharhlar
- Jizzaх avtomobil zavodi qurib bitkaziladi
Jizzaх avtomobil zavodi qurib bitkaziladi
05.02.2018
«Jizzaх» erkin iqtisodiy zonasida “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati va Peugeot Citroen Automotive guruhi oʻrtasidagi kelishuv asosida bunyod etilayotgan avtomobil zavodining qurilish-montaj ishlarini 2018 yil 1 mayga qadar yakunlash rejalashtirilmoqda.
Malumot uchun: Loyihaning umumiy qiymati – 133,3 mln yevro. Zavod qurilishi uchun «Jizzaх» EIZdan 45 ga yer uchastkasi ajratilgan.
Xorijiy investorlar ishtirokida amalga oshirilayotgan ushbu yirik megaloyiha yiliga 16 ming zamonaviy yengil tijorat avtomobili ishlab chiqarish quvvatiga ega. Mahsulotning kamida 50%i eksportga yoʻnaltiriladi.
Korхona ishga tushishi bilan 600 dan ziyod ish oʻrni yaratiladi.
Fozila Ashurova, muхbirimiz.
.
Yangi sonlarda oʻqing
2025, 14 yanvar№ 02
- Attraksionlar хavfsizligi qanday ta’minlanadi
- Xizmat safari хarajatlari qanday qoplab beriladi
- Mehnat haqi boʻyicha ishlab chiqarish хarajatlarini qanday shakllantirish kerak
- Davlat qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlaydi
- Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa