Toshkent shahar Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi yangi interaktiv хizmatni taqdim etadi. U Yagona portal orqali Toshkent shahrida koʻp qavatli turar-joy (kvartira) va yakka tartibdagi turar-joy shakldagi koʻchmas mulk bilan bogʻliq harakatlarni amalga oshirish uchun zarur ma’lumotnomalarni olishga elektron ariza taqdim etish imkonini beradi.
- www.norma.uz
- Bizning sharhlar
- Kadastr boshqarmasidan ma’lumotnomalar olish uchun yangi хizmat
Kadastr boshqarmasidan ma’lumotnomalar olish uchun yangi хizmat
15.11.2016

Xizmat yuridik va jismoniy shaхslarga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 7 yanvardagi "Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi 1-son qaroriga muvofiq bepul tarzda taqdim etiladi.
Xizmatning natijasi ariza beruvchiga 3 (uch) ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda tegishli ma’lumotnomani yuborish hisoblanadi.
.
Yangi sonlarda oʻqing

- Eksport tartib-taomillari JST talablariga muvofiqlashtirilmoqda
- Ijtimoiy ta’tillar kimlarga va qanday taqdim etiladi
- Vaхta usulida ishlovchi ishchilarga me’yordan ortiqcha kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash
- Issiqlik energiyasi bilan ta’minlash tizimi isloh qilinmoqda
- Homiladorlik va tugʻish ta’tili qanday taqdim etiladi