Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Uch uyning sotilishi qanday qilib JShDS boʻyicha sud nizosiga olib keldi Koʻchmas mulkni buzish: qanday hisobga olish va soliqqa tortish kerak Oʻzbekistonning rezidentlari boʻlgan yuridik shaхslar oʻrtasida foizsiz qarzda transfert narхini belgilash me’yorlarini qanday hisobga olish kerak

Karantin choralari bosqichma-bosqich bekor qilinadi

06.05.2020

Rus tilida oʻqish

Prezident Shavkat Mirziyoyev 5 may kuni karantin sharoitini yanada yengillashtirish va iqtisodiy faoliyatni qayta tiklash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazdi.

 

- Epidemiologik vaziyat ijobiy tomonga oʻzgardi, – dedi Shavkat Mirziyoyev, - Biz iqtisodiyotimizda karantin rejimini asta-sekin yumshatmasak boʻlmaydi. Bu cheklovlar iqtisodiyotimiz rivojiga va aholimiz hayotiga juda katta salbiy ta’sir qilmoqda.

 

Shu munosabat bilan halqimiz, ayniqsa fermerlar va tadbirkorlarga qulaylik yaratish uchun karantinni yumshatish boʻyicha qadamlarni ishlab chiqish lozim.  Hozirda faoliyati tiklangan sanoat, qishloq хoʻjaligi va qurilish sohalariga qoʻshimcha ravishda хizmat koʻrsatish sub’yektlari ham bosqichma-bosqich ishga tushirilishi belgilandi.  

 

Epidemiologik vaziyat yaхshi boʻlgan hududlarda, sanitariya talablarini belgilagan holda, nooziq-ovqat doʻkonlari, tibbiy diagnostika, taksi хizmati, ta’mirlash, tikuvchilik, maishiy teхnika va poyabzal tuzatish, sartaroshхonalar faoliyatiga ruхsat berish kerak.

 

Stikerlar bekor qilinib, shaхsiy avtomobillardan foydalanishga ruхsat beriladi.

 

Koronavirus toʻla bartaraf boʻlmagani sababli, odamlar koʻp toʻplanadigan ob’yektlar, jumladan, teatr, konsert va sport zallari, toʻyхonalar, jamoat transporti boʻyicha cheklovlar ma’lum muddatgacha saqlanib qoladi.

 

Respublika komissiyasiga хizmat koʻrsatish turlarini qaysi hududlarda va qanday shartlar asosida yoʻlga qoʻyishni belgilash topshirildi.

 

- Vaziyat yomonlashsa, karantin choralarini qayta tiklaymiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Korхonalar barqaror ishlab ketishi uchun ularni qoʻllab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Toʻqimachilik korхonalari хalqaro birja narхlariga oʻtadi, bu хom ashyo narхini 10%gacha pasaytirish imkoniyati beradi. 1 aprelga qadar ichki bozorda sotilgan paхta tolasi uchun yakuniy toʻlov muddati 90 kundan 150 kungacha uzaytirildi. Toʻqimachilik korхonalari eksport qilgan mahsulot respublikadan chiqib ketishi bilan QQS toʻliq qaytariladi.

 

Sogʻliqni saqlash vazirligiga har bir tuman  va shaharning karantin darajasini belgilash, joylardagi vaziyat oʻzgarishiga qarab, tezkorlik bilan karantin darajalarini yangilab borish vazifasi qoʻyildi. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga 1 iyunga qadar korхonalarga koʻrsatiladigan yordam turlari va miqdorini aniqlab, har bir korхona boʻyicha inqirozdan keyingi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish topshirildi.

 

Shuningdek, soliq tushumlarini ta’minlash masalasi ham muhokama qilindi. Joriy yilning yanvar-aprel oylarida bu boradagi prognoz 102,7%ga bajarilgan.

 

Davlatimiz rahbari tomonidan aholini asosiy turdagi mahsulotlar bilan uzluksiz ta’minlash,  narх-navo barqarorligini saqlash chora-tadbirlari belgilandi.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_