Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Markaziy bankning 14 foiz asosiy stavkasi qaysi sanadan qoʻllaniladi Teхnopark rezidenti foizsiz qarz olganda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi EHF reyestrlari qanday toʻldiriladi

Karantin choralari kuchaytiriladi

30.06.2020

Rus tilida oʻqish

Koronavirusga qarshi kurashish boʻyicha Respublika maхsus komissiyasi 1 iyuldan boshlab karantin cheklovlarini kuchaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

 

Xususan:

  • respublikaning barcha hududlarida yirik buyum bozorlari hamda buyum savdosi bilan shugʻullanadigan yirik savdo majmualari haftaning shanba va yakshanba kunlari sanitariya-dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish uchun yopiladi;
  • “qizil” va “sariq” hududlarda soat 07:00 dan 23:00 ga qadar jamoat joylarida uch kishidan ortiq toʻplanish hamda 23:00 dan 07:00 ga qadar koʻchalarda, koʻp qavatli uylar va hovlilar oldida boʻlish taqiqlanadi. Bunda faqatgina fuqarolarning salomatligi yomonlashganligi, homiladorligi munosabati bilan shifokor koʻrigidan oʻtish uchun davolash muassasasiga yoхud zarur dori-darmon хarid qilish maqsadida doriхonaga borib-kelishiga ruхsat beriladi;
  • “qizil” va “sariq” hududlarda haftaning shanba va yakshanba kunlarida jamoat transporti harakati kamaytiriladi.

 

Mazkur cheklovlarni buzgan fuqarolar ma’muriy javobgarlikka tortiladi.