Respublika maхsus komissiyasi cheklovchi tadbirlarni 2020 yilning 10 mayiga qadar uzaytirdi.
Mamlakatimiz hududida qabul qilingan koronavirusga qarshi kompleks chora-tadbirlar va eng asosiysi mas’uliyatni chuqur his qilgan aholi tomonidan oʻzini yakkalash hayot tarziga oʻtganligi va "ijtimoiy masofalanish" tamoyiliga amal qilishi infeksiya tarqalishini nazoratda ushlab turish imkonini berdi.
Amalga oshirilayotgan karantin tadbirlarining natijadorligi saqlab qolinishini ta’minlash maqsadida Respublika maхsus komissiyasining 2020 yil 20 aprelgacha kiritilgan cheklovchi tadbirlari (karantin) hamda koronavirus infeksiyasi tarkalishiga karshi kuchaytirilgan tartib 2020 yilning 10 mayiga qadar uzaytiriladi.