Bu haqda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi хabar qildi.
2019/2020 oʻquv yilida toʻlov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilingan abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan va qayta tiklangan (ilgari oʻqishdan chetlatilgan) talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2019 yilning 20 noyabri etib belgilandi.
Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi koʻpchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda oliy oʻquv yurtlari rektorlarining murojaatlarini inobatga olib, 2019 yil 21 oktyabrda 9-son tegishli qarorni qabul qildi.
Eslatib oʻtamiz, ilgari belgilangan oliy oʻquv yurtlariga kontrakt toʻlash muddati 15 oktyabrga qadar uzaytirilgan edi.