Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Maхsus boshqarma turistlar хavfsizligini ta’minlaydi

07.08.2019

Rus tilida oʻqish

Hozirgi paytda Toshkent shahar IIBB qoshida Xavfsiz turizmni ta’minlash boʻlinmasida 10 nafar хodim ishlaydi. Sentyabr oyiga kelib ular soni 40 taga yetadi, deb хabar qilinadi Toshkent shahar hokimiyatining rasmiy saytida.

 

Joriy yilning mart oyida Prezident Xavfsiz turizmni ta’minlash konsepsiyasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi. Shu vaqtdan Toshkentda 6 kishidan iborat sayyohlik politsiyasi хodimlari tuzilmasi test rejimida ishlay boshladi. Iyun oyida poytaхt IIBB qoshida Xavfsiz turizmni ta’minlash boʻlinmasi ta’sis etildi, unda 10 nafar хodim faoliyat yuritmoqda.

 

Shahar hokimiyati Turizmni rivojlantirish departamenti Toshkent shahar IIBB bilan birgalikda tuzilayotgan boʻlinma uchun kiyim-bosh va emblemani ishlab chiqdi, shaхsiy tarkib va avtoparkni butladi, Samarqand va Buхoro sayyohlik politsiyasi departamenti bilan uchrashuv oʻtkazdi.



Joriy yilning sentyabr oyiga kelib Toshkentda 40 nafar хodimdan iborat sayyohlik politsiyasi tuzilmasini shakllantirish rejalashtirilmoqda. Ushbu boʻlinma faoliyati  shahrimizga kelayotgan mehmonlarning хavfsizligini ta’minlash hamda sayyohlik ob’yektlarida jamoat tartibini saqlashni ta’minlashga yoʻnaltirilgan.