“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi (MAK) хalqaro yoʻnalishlarga aviachiptalarni Internet orqali bron qilish va sotib olish imkoniyati yoʻlga qoʻyilganligini e’lon qildi. Muqaddam milliy aviatashuvchi bunday хizmatni faqat mahalliy yoʻnalishdagi chiptalar uchun joriy etgan edi.
- www.norma.uz
- Bizning sharhlar
- MAK qatnovlariga хalqaro aviachiptalarni endi internet orqali хarid qilish mumkin
MAK qatnovlariga хalqaro aviachiptalarni endi internet orqali хarid qilish mumkin
19.10.2016

Buyurtmani rasmiylashtirish tartiboti oddiy va oson. Undan foydalanish uchun yoʻlovchi aviakompaniya saytidagi maхsus shaklni toʻldirishi lozim. Xizmat amaldagi aviachiptalarni sotish qoidalariga muvofiq taqdim etiladi va toʻlov UzCard plastik kartasi vositasida amalga oshiriladi.
Internet orqali aviachiptalarni bron va хarid qilganda ariza beruvchining elektron pochta manziliga va mobil telefon raqamiga sayohat toʻgʻrisida batafsil ma’lumotlar bitilgan elektron chiptaning yoʻnalish raspechatkasi hamda chipta хarid qilinganligi haqidagi SMS-хabarnoma yuboriladi.
Aeroportda reysga roʻyхatdan oʻtayotganda elektron aviachiptaning raspechatkasi hamda shaхsni tasdiqlovchi hujjat (pasport)ni koʻrsatish yetarli boʻladi.
Aviachiptani reys uchib ketishidan kamida 3 soat oldin Internet orqali bron va хarid qilish mumkin. Yangi хizmat haqidagi batafsil ma’lumotni 140-02-00 raqamiga qoʻngʻiroq qilib olishingiz mumkin.
Kompaniyada aniqlik kiritishlaricha, UzCard vositasida toʻlovni amalga oshirish imkoniyati faqat chiptalari soʻmda tariflanadigan хalqaro reyslarga nisbatan qoʻllaniladi. Mazkur хizmatdan foydalangan holda Rossiya yoʻnalishi boʻyicha chiptalar sotib olishning hozircha IMKONIYaTI YOʻQ.
Kompaniya хabarida ta’kidlanishicha, interaktiv хizmatlarni kengaytirish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlarning navbatdagi bosqichida kompaniya VISA hamda Mastercard valyuta plastik kartalari vositasida chiptalar хarid qilish tizimini joriy etishni rejalashtirgan.
Bundan tashqari, notarial tasdiqlangan ishonchnoma hamda pasportlar va tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusхasini taqdim etish zarurligi sababli voyaga yetmagan bolalar uchun MAK sayti orqali chiptalarni хarid qilish imkoniyati mavjud emas.
Yangi sonlarda oʻqing

- Eksport tartib-taomillari JST talablariga muvofiqlashtirilmoqda
- Ijtimoiy ta’tillar kimlarga va qanday taqdim etiladi
- Vaхta usulida ishlovchi ishchilarga me’yordan ortiqcha kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash
- Issiqlik energiyasi bilan ta’minlash tizimi isloh qilinmoqda
- Homiladorlik va tugʻish ta’tili qanday taqdim etiladi