Oʻzbekiston Respublikasining 2035 yilgacha rivojlanish strategiyasi konsepsiyasining jamoatchilik eshituvlari boshlandi.
Eslatib oʻtamiz, hujjat «BUYUK KELAJAK» хalqaro nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan KPMG auditor-konsalting kompaniyasi bilan birgalikda ishlab chiqilgan. 2018 yil dekabrda loyiha taqdimoti boʻlib oʻtgan, joriy yil fevralda esa «Oʻzbekiston–2035» II хalqaro forumi doirasida ekspertlar tomonidan muhokama qilingan.
Jamoatchilik eshituvlariga qoʻshimcha ishlov berilgan variant (2019 yil 18 fevraldagi holatga koʻra) taqdim etilgan. Hujjat davlat, rus va ingliz tillarida berilgan. Havoladagi elektron shakldan foydalanib, loyiha yuzasidan sharh qoldirish mumkin. Jamoatchilik eshituvlari natijalariga asoslangan hujjatning yakuniy versiyasi mamlakat rahbariyatiga taqdim etiladi.