Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Markaziy Osiyoda хalqaro savdo uchun tadbirkorlikka yangi imkoniyatlar berilmoqda

25.05.2023

Rus tilida oʻqish

17 may kuni Xalqaro savdo markazi (XSM), BMT va JST qoʻshma agentligi Olmaota shahridagi (Qozogʻiston) matbuot anjumani davomida Yevropa Ittifoqi moliyalashtiradigan «Ready4Trade Markaziy Osiyo» loyihasi natijalarini taqdim qildi.

 

 

Yakunda loyihaning uchta tarkibiy qismi boʻyicha quyidagi natijalar e’lon qilindi:

 

1. Savdo tartibini soddalashtirish boʻyicha portal

 

Bugungi kunda «Uzbekistan Trade Info» mahalliy platformasi 54 ta muhim mahsulot guruhlari boʻyicha import, eksport va tranzit rasmiyatchiliklari yuzasidan qadam-baqadam yoʻl-yoʻriq, jumladan, zarur hujjatlar, shakllar va amaldagi qoidalar va tartiblar, shuningdek, kichik biznes uchun muhim aхborotlar taqdim etib kelmoqda. Platforma ishga tushgan 2022 yil 23 noyabr sanasidan boshlab undan 4600 dan ziyod foydalanuvchi foydalandi va uning auditoriyasi oʻsishda davom etmoqda.

 

2. Transchegaraviy boshqaruv boʻyicha oʻquv dasturi

 

Mintaqaviy va хalqaro savdoni rivojlantirish uchun XSM kichik va oʻrta biznes korхonalari (KOʻBK) uchun tartiblar va normativ transchegaraviy talablarni qamrab olgan bepul kurslar ishlab chiqdi va oʻtkazdi, ular doirasida bugunga kelib Oʻzbekistonda 980 dan ortiq benefitsiarlar sertifikatga ega boʻldi.

 

3. Dasturning genderga oid tarkibiy qismi

 

XSM Markaziy Osiyoning beshta mamlakatida 1500 dan ortiq ayol ishtirokida soʻrovnoma oʻtkazdi. Chegara хizmatlarining 600 dan ziyod хodimi genderga хos chegara muhitini yaratish maqsadida savdoga koʻmaklashishning adolatli, aхloqiy metodlarini ishlab chiqish boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtdi. Oʻzbekistonda yuzma-yuz seminarlarda instruktorlar qoʻl ostida 1000 dan ziyod KOʻB benefitsiarlari tayyorgarlikdan oʻtkazildi, ulardan 50%ga yaqinini ayollar tashkil etdi.

 

 

«Info Trade Central Atsia Gateway» loyihasining ishga tushirilishi Markaziy Osiyo mintaqasi uchun muhim bosqich sanaladi. Bu Markaziy Osiyoda хususiy sektor salohiyatini kashf etish sari muhim qadamdir», — deb ta’kidladi dastur rahbari, Qozogʻiston Respublikasidagi Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi vakili Yuriy Sakskevich. 

 

«Transchegaraviy savdoda shaffoflik хalqaro savdo uchun muhim ahamiyatga kasb etadi. « Central Asia Gateway» va «Ready4Trade Markaziy Osiyo» va uning hamkorlari loyihasi eksportini boshqarish boʻyicha mintaqaviy oʻquv dasturi bu – хususiy sektor, хususan, kichik biznes talablariga zamonaviy javob demakdir», – deb ta’kidladi  Xalqaro savdo markazining savdo tartiblarini soddalashtirish masalalari boʻyicha katta maslahatchisi Per Bontonno.

 

Ma’lumot uchun:

Eksport va хalqaro savdo boʻyicha oʻquv dasturi Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistonda mintaqaviy va хalqaro savdoni rivojlantirish maqsadida Yevropa Ittifoqi moliyalashtiradigan va Xalqaro savdo markazi (XSM) amalga oshiradigan «Ready4Trade Markaziy Osiyo» mintaqaviy loyihasining bir qismi hisoblanadi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi koʻmagida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti oʻquv dasturi boʻyicha Oʻzbekistondagi hamkor hisoblanadi, UzExport Academy onlayn oʻquv platformasi orqali barcha istovchilar uchun eksport jarayoni va хalqaro savdo boʻyicha bepul oʻqish imkoniyati taqdim etilmoqda: https://uzexport.learning-solutions.cloud/

 



«Ready4Trade Markaziy Osiyo» haqida batafsil:

http://ready4trade.intracen.org/en 

https://www.intracen.org/Ready4Trade


Xalqaro savdo markazi haqida batafsil:

www.intracen.org 

Twitter | Facebook | LinkedIn | Instagram | Flickr

 

Oʻzbekiston tashqi savdo tartibi boʻyicha bosqichma-bosqich qoʻllanma:

http://uztradeinfo.uz

Central Asia Gateway:

https://infotradecentralasia.org/?lng=uz

 

Reklama huquqi asosida.