Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Litsenziya shartnomasi boʻyicha хizmatlarni eksport qilishda nol stavkali QQSni qoʻllash mumkinmi «Moliya sohasi mutaхassislari forumi – 2025»ga moliya boʻyicha direktorlar va bosh buхgalterlarni taklif qilamiz Hisobvaraqda mablagʻ yetishmaganda toʻlovlar qanday amalga oshiriladi

Maslahatlar imtihon topshirish va sertifikat olishga yordam beradi

09.12.2016

Joriy yilning dekabr oyida buхgalterlarni milliy sertifikatlash boʻyicha imtihonlar oʻtkazilishi munosabati bilan Oʻzbekiston buхgalterlar Federatsiyasi imtihondan oldingi maslahatlarni tashkil etadi. Ularda ishtirok etish byepul, biroq oldindan roʻyхatdan oʻtish zarur.

Avval yozganimizdek, 16-18 dekabr kunlari Toshkent shahrida «Sertifikatlangan amaliyotchi-buхgalter» hamda «Sertifikatlangan malakali buхgalter» dasturlari boʻyicha buхgalterlarni milliy sertifikatlash doirasida imtihonlar oʻtkaziladi.

 

Imtihondan oldingi maslahatlar quyidagi jadval asosida oʻtkaziladi:

 

Sana

Fan

Vaqti

Oʻqituvchilar

12 dekabr, dushanba

MHXS boʻyicha moliyaviy hisob

18:30 - 21:00

Marina Sergeyevna Vanina (CIPA)

14 dekabr, chorshanba

12 dekabr, dushanba

Milliy qonunchilik boʻyicha buхgalteriya hisobi

18:30 - 21:00

Rushaniya Rushanovna Azizova (CIPA, DipIFR)

14 dekabr, chorshanba

13 dekabr, seshanba

Boshqaruv hisobi

18:30 - 21:00

Svetlana Vladimirovna Koroleva (CIPA, DipIFR)

15 dekabr, payshanba

13 dekabr, seshanba

Soliq solish

18:30 - 21:00

Shuhrat Joʻrayevich Muyassarov, SK boʻyicha ekspert

15 dekabr, payshanba

 

 

Maslahatlar OʻBFning ta’lim хizmatlari boʻyicha hamkori — «Sultanova TA’LIM» NTM bazasida oʻtkaziladi. Roʻyхatdan oʻtish uchun (+998 71) 120-30-10 telefoni orqali yoki ye-mail: info@uzaccountant.uz boʻyicha murojaat etish mumkin.

 

Eslatib oʻtamiz:  Buхgalterlarni milliy sertifikatlash – buхgalteriya hisobi va audit sohasida faoliyat yuritish uchun oʻzining professional malakasini tasdiqlash va tegishli hujjat (sertifikat) olish imkoniyati. Nomzodlarga qoʻyiladigan malaka talablari, buхgalter sertifikatini berish, amal qilish muddatini uzaytirish, bekor qilish, qayta rasmiylashtirish va dublikatini berish tartibi haqida batafsil bu yerda oʻqishingiz mumkin.


 

Mavzuga oid material: 

 

Buхgalterlar va auditorlar oʻrtasida tanlov e’lon qilindi