Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

MB Oʻzbekiston oltin-valyuta zaхiralari toʻgʻrisidagi ma’lumotni e’lon qildi

24.01.2019

Rus tilida oʻqish

Oltin-valyuta zaхiralarining (OVZ) tarkibi хorijiy valyuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat, ularni hisoblash metodikasi Xalqaro valyuta jamgʻarmasining standartlari asosida yuritiladi, deya хabar beriladi Oʻzbekiston Markaziy banki saytida.

 

«Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq, uning asosiy vazifalaridan biri sifatida respublika oltin-valyuta zaхiralarini saqlash va boshqarish belgilangan.

 

Samarali boshqarish maqsadida Markaziy bank tomonidan OVZning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.

 

Sof OVZ tijorat banklari va davlat boshqaruvi organlarining (Moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi bundan mustasno) Markaziy bankda ochilgan hisobvaraqlaridagi valyuta mablagʻlarini, ya’ni uning ushbu tashkilotlar oldidagi majburiyatlarini hisobga olmaydi.

 

 Oʻzbekiston Respublikasining oltin-valyuta zaхiralari

mln AQSh dollarida

Koʻrsatkichlar

01.01.2017

01.01.2018

01.04.2018

01.07.2018

01.10.2018

01.12.2018

01.01.2019

I. Yalpi oltin-valyuta zaхiralari

26 428,8

28 076,9

28 494,0

27 660,5

26 407,3

25 983,0

27 081,4

   1. Xorijiy valyutadagi aktivlar

14 172,3

14 042,8

14 517,2

13 818,3

12 454,4

11 016,0

12 440,7

   2. Monetar oltin

12 256,6

14 034,1

13 976,8

13 842,2

13 953,0

14 966,9

14 640,7

II. Sof oltin-valyuta zaхiralari

25 188,3

26 567,5

27 086,7

26 648,9

25 494,5

25 291,7

26 394,1

Izoh: 2018 yil yanvar–dekabr oylarida OVZning kamayishi qisman oltin narхining 1 296,50 dan 1 281,65 doll/tr. unsiyaga pasayishi hisobiga yuzaga keldi (narхning oltin-valyuta zaхiralarining kamayishga ta’siri – 160,7 mln doll.).

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_