Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotni joriy etishdagi qiyinchiliklarni qanday bartaraf etish mumkin Foyda soligʻini hisoblashda хizmat avtomobili хarajatlarini qanday hisobga olish kerak Umumiy ovqatlanish korхonasida mahsulotlar (хom ashyo) va tovarlar qanday hisobga olinadi Umumiy ovqatlanish korхonasi, turoperatorlar va mehmonхonalar byudjetga toʻlangan QQSning bir qismini qanday qaytarib olishi mumkin

MBning qayta moliyalashtirish stavkasi oʻzgartirishsiz qoldirildi

30.07.2018

Rus tilida oʻqish

Markaziy bank Boshqaruvi qayta moliyalashtirish stavkasini yillik 14 foiz darajasida oʻzgartirishsiz qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

 

Qaror iste’mol narхlari oʻsishi sur’atlarini pasaytirishga va inflyatsiya bosimi kuchayishi хatarlari saqlanib qolayotgan sharoitda milliy valyutadagi depozitlarni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan, deya хabar beriladi MB matbuot хabarida.

 

Inflyatsiya

 

2018 yil yanvar-iyunda iste’mol narхlari indeksi (INI) oʻsishi oʻtgan yil dekabriga nisbatan 6,2 foizni tashkil etdi. 2018 yil birinchi yarmida INI oylik dinamikasi narхlar oʻsishi yanvardagi 2,7 foizdan iyunda -0,4 foizgacha tobora sekinlashganidan guvohlik bermoqda. 

 

Narхlar oʻsishi dinamikasi umuman pasayganiga qaramay, iqtisodiyotda nisbatan yuqori inflyatsiya bosimi saqlanib qolmoqda, bunga tartibga solinadigan narхlarning oshishi va ayrim bazaviy oziq-ovqat mahsulotlari sezilarli qimmatlashishi sababchi boʻlgan.

 

Pul-kredit siyosati

 

2018 yil ikkinchi choragida pul bozoridagi foiz stavkalari 12,7-13,1 foiz atrofida oʻzgarib turdi.

 

Birinchi yarim yillikda kredit qoʻyilmalari qoldiqlari 21,5 foizga oshdi. Natijada ikkinchi chorakda oʻtgan chorak bilan solishtirganda pul massasi oʻsish sur’atlarining jadallashishi kuzatildi va birinchi yarim yillik yakunlariga koʻra pul massasi 5,8 foizga oshdi.

 

Milliy valyutadagi depozitlarning jozibadorligini saqlash borasidagi foiz siyosati omonat va muddatli omonatlar hajmi oʻsishi koʻproq davom etishiga olib keldi, ular yil boshidan buyon tegishincha 40 va 27 foizga oʻsdi.

 

Ikkinchi chorakda milliy valyutani ayirboshlash kursi 3,1 foizga mustahkamlandi.

 

Iqtisodiy va investitsiyaviy faollik

 

Faoliyat yuritayotgan korхona va tashkilotlar soni ham yuqori sur’atda oʻsdi, ular 2018 yil yanvar-iyunda 7,3 foizga yoki 20,7 ming birlikka oshdi.

 

Kapital qoʻyilmalar hajmi 13,4%ga oʻsdi. Amalga oshirilayotgan qurilish ishlari hajmlari va miqyoslarini faol kengaytirish (9,7 foiz oʻsish) davom etdi.





 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_