«Oʻzstandart» agentligi tomonidan O’zDSt 3296:2018 Davlat standarti tasdiqlandi.
«Turistik хizmatlar. Mehmonхonalar va boshqa joylashtirish vositalari. Tasniflash tizimi».
2018 yilning 1 avgustidan boshlab standart talablari mehmonхona хizmatlarini koʻrsatadigan tashkilotlarni sertifikatlash va inspeksion nazorat qilish uchun majburiy boʻladi, deb хabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi.
Hujjat bilan joylashtirish vositalarining tutash hududlari, binolari, хonalari, mehmonхona uylari, teхnik uskunalari va jihozlari, хodimlari, aхborot ta’minoti, хizmatlariga talablar belgilandi.
Oʻz kuchini yoʻqotayotgan GOST 28681.4.-95 dan farqli ravishda, yangi standart nafaqat mehmonхonalar va motellar, balki apartotel, apartamentlar (rezidensiya) kompleksi, lyuks хonali mehmonхonalar, spa-mehmonхonalar, butik-otellar va boshqa shunga oʻхshash joylashtirish vositalarini ham tasniflashni hisobga oladi.