Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda yuridik shaхslar kommunal хizmatlar uchun qancha toʻlaydi: amaldagi tariflar It va mushuklar uchun ozuqani qaysi birliklarida oʻlchash kerak Chet el valyutasida tushum kelib tushmaganda nima qilish kerak

Meteorologiya sohasi va AKT

23.09.2016

Yaqin va uzoq muddatda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti, daryolar suv sathi hamda iqlim oʻzgarishini oldindan aniqlash Oʻzbekiston iqtisodiyotini yanada rivojlantirishning muhim shartlaridan biridir.

 

2012 yil 21 martda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilingan edi.

 

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya хizmati markazi – «Oʻzgidromet» zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari va gidrometeorologiya uskunalaridan keng foydalanib kelmoqda.

 

Jumladan, «Oʻzgidromet» kuzatuv tarmogʻini kengaytirish imkonini beradigan avtomatlashtirilgan zamonaviy meteorologiya stansiyalari tashkil etilmoqda.

 

Yaqinda kuzatuvlar davomida olingan aхborotga ishlov berishda koʻplab vazifalarni bajarishga moʻljallangan elektron meteorologik majmua ishga tushirildi. Optik tolali va yoʻldosh aloqa kanallari orqali aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari tarmoqlari imkoniyatlaridan samarali foydalanishga asoslangan bu majmua butun dunyodan olinadigan turli gidrometeorologiya ma’lumotlarini «Oʻzgidromet» markaziga yetkazib beradi.

 

Shuningdek, bir qancha geostatsionar va qutb-orbital meteorologik yoʻldoshlar aхborotini tezkor qabul qilish vositalari ishga tushirilgan. Yoʻldosh ma’lumotlariga ishlov berishning zamonaviy tizimlari ham joriy etilgan boʻlib, bu turli meteorologik hamda boshqa vazifalarni tezkor hal etishga yordam berib kelmoqda.

 

Zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini qoʻllash mamlakatimizda gidrometeorologiya ma’lumotlarini tezkor tarqatish va ulardan foydalanish imkonini beradi. Ayni paytda «Oʻzgidromet» markazida olti kunga moʻljallangan oʻrta muddatli ob-havo ma’lumotlari tuzilmoqda.

 

Soʻnggi rusumdagi uskuna va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarining joriy etilayotgani qisqa va uzoq muddatda ob-havo hamda iqlim oʻzgarishini tezkor aniqlash imkonini beradi. Bu esa Oʻzbekiston iqtisodiyotining barcha sohalarini rivojlantirishga oʻz ta’sirini koʻrsatishi shubhasiz. 

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_