Inflexio.ru moliyaviy fanlar maktabi asoschisi va ifrs.academy, buxgalter.academy va moliya.academy platformalaridagi kurslar muallifi Kirill Popadyuk bilan intervyu.
– Kirill, oʻz maktabingiz haqida qisqacha gapirib bersangiz.
– Inflexio.ru maktabida biz moliyachilar uchun moliya sirlarini ochib beramiz. Moliyachi aka-singillarim bilan ishlash oson, ular mavzuni anchagina bilishadi. Yoshligimiz aynan bir хil yillik hisobotlarni oʻqish bilan oʻtgan. Biz moliyachi boʻlmaganlar katta ehtimol bilan tushunmaydigan tarzda hazillashamiz.
Ammo bizda doim moliyachi boʻlmaganlarga oʻrgatadigan narsalarimiz bor. Tasodifiy odamlarga emas albatta, balki ularda bevosita qiziqish uygʻotadiganlar, masalan biznes mulkdorlari uchun. Shunday boʻladiki, ulardan ba’zilari bosh buхgalter hisobotni imzolashga olib kelganda, ularni koʻrib chiqmay imzolab berishadi. Ehtimol, ular buning bari buхgalteriya, turli hisobotlarning ularga mutlaqo aloqasi yoʻq, deb hisoblashadi.
– Har qanday tadbirkor pulni sanashni biladi. Shuning oʻzi yetarlimi?
Davomi – buxgalter.uz da