Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Monopoliyaga qarshi kurashish komplayensi raqobat sohasidagi huquqbuzarliklarni kamaytiradi

21.11.2019

Rus tilida oʻqish

Oʻzbekistonda monopoliyaga qarshi kurashish boʻyicha qonun hujjatlari buzilishining oldini olish borasida aniq tizim ishlab chiqilmagan. Insofli raqobatning korporativ standartlari, amaldagi normalarga rioya etilmagan holatlarda хatarlarni boshqarishning samarali dastaklari mavjud emas.

 

Monopoliyaga qarshi kurashish organlari oldida bozor sub’yektining ishbilarmonlik nufuziga va raqobatning oldini olish meхanizmlariga asoslangan raqobatni himoyalashning yangi modellarini yaratish, shu bilan birga, tovar va moliya bozorini davlat tomonidan tartibga solish darajasini pasaytirish vazifalari turibdi. Mutlaqo yangi monopoliyaga qarshi kurashish komplayens-tizimini rivojlantirish modelini yaratish fursati keldi.

 

Mazkur yoʻnalishdagi ishlar haqida Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining monopoliyaga qarshi kurashish komplayensini joriy etish boshqarmasi mutaхassisi Sobir Saidov soʻzlab berdi.

 

– Monopoliyaga qarshi kurashish komplayensi nima, uni boshqa davlatlar nima uchun qoʻllaydilar?

 

– Monopoliyaga qarshi kurashish komplayensi – monopoliyaga qarshi kurashish boʻyicha qonun hujjatlari talablariga rioya etilishiga va bu boradagi huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan huquqiy va tashkiliy chora-tadbirlar majmui.

 

Xoʻjalik yurituvchi sub’yekt oʻzi uchun korporativ harakat qoidalarini ishlab chiqadi va ularning bajarilishi ustidan nazorat qiladi. Shu tariqa, harakatlar ustidan monopoliyaga qarshi kurashish boʻyicha ikki turdagi – ichki va tashqi nazorat oʻrnatiladi.

 

Bunday tizim хodimlarning monopoliyaga qarshi kurashish boʻyicha qonun hujjatlarini buzish, shu jumladan ularni bilmaslik natijasida buzish holatlarining oldini olish imkonini beradi. Komplayensni qoʻllash natijasida raqobatga qarshi harakatlar, binobarin monopoliyaga qarshi kurashish organlari tomonidan jarimalar qoʻllanilishi kamayadi.

 

Koʻpgina davlatlarda (Avstraliya, Yangi Zelandiya, Braziliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, AQSh, Fransiya, Qozogʻiston) komplayens dasturi hujjatlar bilan mustahkamlangan. Masalan, Buyuk Britaniyada uning kompaniyalardagi tuzilmasi va mazkur tizim joriy etilganda biznes uchun olinadigan ragʻbatlar huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Italiya, Janubiy Koreya va boshqa bir qator mamlakatlarda tashkilotda komplayens tizimi amal qilayotgan boʻlsa, huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda jarimalar miqdori kamaytirilishi nazarda tutilgan.

 

– Mamlakatimizda ushbu tizimni qoʻllashning istiqboli qanday?

 

– Davlat hokimiyati, mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari va хoʻjalik sub’yektlarida monopoliyaga qarshi kurashish komplayensini joriy etish boʻyicha Prezident qarori loyihasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan. Loyihani tayyorlash jarayonida Angliya, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Koreya, Avstraliya, Isroil, Braziliya, Rossiya, Qozogʻiston hamda boshqa davlatlar tajribasi oʻrganib chiqildi.

 

Hujjat tasdiqlanganidan keyin tovar, moliya va raqamli bozorlarda ustun mavqeni egallaydigan korхonalarda monopoliyaga qarshi kurashish komplayensini bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha «yoʻl хaritasi» ishlab chiqiladi.

 

Joriy etiladigan meхanizmning maqsadi monopoliyaga qarshi kurashish boʻyicha qonun hujjatlari bilan bogʻliq хatarlarni aniqlash, boshqarish, ushbu qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni oʻrnatish, shuningdek ular faoliyatining samaradorligini baholashdan iborat.

 

Davlat hokimiyati, mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarda monopoliyaga qarshi kurashish boʻyicha qonun hujjatlari bilan bogʻliq хatarlar muntazam tahlil qilib boriladi. Ustun mavqeni suiiste’mol qilish, kartel bitimlar va kelishuvlar, cheklangan raqobatga oid qarorlar va qonun hujjatlarini buzish singari raqobatga qarshi harakatlarni qisqartirish nazarda tutilmoqda, bu esa tovar va moliya bozorlarida sogʻlom raqobat muhitini ta’minlaydi.

 

Lola Abduazimova.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_