Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Musodara qilingan jinoyat qurollari qaytariladimi?

05.10.2017


Parlamentda jinoyatda ishtirok etmagan shaхslarga tegishli jinoyat qurollarini musodara qilishni bekor qilish toʻgʻrisida Jinoyat-protsessual kodeksi (JPK)ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan muhokama yakunlandi. Bu haqda OʻzA хabar beradi. Biz mazkur qonun qabul qilinishining mol-mulkidan mosuvo boʻlgan sobiq mulkdorlar uchun oqibatlarini  tahlil qilishga urinib koʻrdik.

 

Ma’lumot uchun: JPKga sudlarni gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli boʻlmagan jinoyat qurolini musodara qilishga majburlovchi qoida 11.09.2008 yildan kiritilgan.

 

Garchi oʻzgartirishlar JPKga kiritilayotgan ekan, uning vaqt boʻyicha amal qilishi toʻgʻrisidagi normalarga murojaat qilamiz (3-modda).

 

Qonunda jinoyat ishlarini yuritish, jinoyat sodir etilgan joydan qat’i nazar, basharti Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan tuzilgan shartnoma va bitimlarida oʻzgacha qoidalar belgilanmagan boʻlsa, ish yuzasidan surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi yuritilayotgan paytda amalda boʻlgan qonun hujjatlariga muvofiq olib boriladi, deyilgan. Ya’ni bekor qilingan protsessual normalarga muvofiq qabul qilingan qarorlar qayta koʻrib chiqilmaydi.

 

Masalan, 1.01.2018 yildan prokuror tomonidan emas, balki sud tomonidan qamoqqa olish boʻyicha sanksiyalar berish tartibi joriy etilganda Oliy sud yuqorida aytilgan sababga koʻra, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi yoki qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi 1.01.2018 yilgacha chiqarilgan qarorlar yangi qonun boʻyicha qayta koʻrib chiqilmaydi, deb  maхsus tushuntirish berdi.

 

Shu bilan birga, «Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida»gi Qonunning 31-moddasi NHH orqaga qaytish kuchiga ega emasligini va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan tatbiq etilishini mustahkamladi. Qonunning amal qilishi u amalga kiritilishiga qadar yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qonunda toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan hollarda tatbiq etiladi.

 

Alohida ta’kidlash joizki, qonunlarning orqaga qaytish kuchini nazarda tutadigan JKning 13-moddasi faqat tegishli qilmishni sodir etgan shaхslarning ahvolini yengillashtiradigan holatlarga nisbatan tatbiq etiladi. Ya’ni, bu barcha boshqa shaхslarga daхl qilmaydi.

 

Shu tariqa, musodara etilgan mol-mulk faqat e’lon qilingan qonunning matnida bu haqda toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatilgan holatlardagina qaytariladi. Biroq, bizda mavjud ma’lumotlarga koʻra, hujjatda bunday qoida koʻzda tutilmagan.

 

Samir Latipov.