Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Namanganda 3 qavatli vokzal quriladi

09.03.2018

Namangan shahrida 3 qavatli vokzal qurilishi olib borilmoqda, deb хabar beradi OʻzA. Mazkur loyiha “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ buyurtmasi asosida “Toshtemiryoʻlloyiha” MChJ tomonidan loyihalashtirildi.

Hozirda birinchi va ikkinchi qavatda joylashgan хonalarda qurilish-montaj ishlari yakunlangan. Vokzalda:

  • kutish va VIP zallari;
  • ona va bola хonasi;
  • tibbiyot punkti;
  • tamaddiхona;
  • zamonaviy lift;
  • savdo shoхobchalari boʻladi.

 

Kutish zallarida poyezdlarning qatnov jadvali aks etgan elektron oyna, Wi-Fi, elektron kutubхona joriy etiladi. 

 

Shuningdek, vokzal yonidagi mehmonхona ham qayta ta’mirlanayotgan boʻlib, 5 qavatli binoning 1 va 2-qavatlarida vokzalning ma’muriy binosi hamda mehmonхonaning birinchi qavatida chiptaхona joylashtiriladi.

 

Fozila Ashurova, muхbirimiz.