Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Natijalar kelajak uchun zamin yaratadi

27.10.2015

Adliya vazirligi tomonidan doimiy ravishda mamlakatimizda aholi huquqiy savodхonligi, tadbirkorlikni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, qonun ijodkorligi hamda qonun hujjatlari normalari va qoidalarini notoʻgʻri talqin qilish holatlarini tizimlashtirish yuzasidan faoliyat olib borilyapti.

 

Toshkent shahrida adliya organlari va muassasalari tomonidan shu yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar va kelgusida qilinishi lozim boʻlgan vazifalarga bagʻishlangan  kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazildi.

 

 

Yigʻilishda Adliya vaziri Muzraf  Ikramov tanqidiy ma’ruza bilan soʻzga chiqib, oʻtgan davr mobaynida adliya organlari tomonidan qonun ijodkorligi va huquqni qoʻllash borasida hamda  boshqa sohalardagi  bir qator ishlar amalga oshirilishi toʻgʻrisida ma’lumot  berdi.

 

 

Xususan, 60 ta normativ-huquqiy hujjat, shu jumladan 17 ta qonun loyihasi ishlab chiqildi. 700 tadan ortiq qonun hujjatlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining 1311 ta qarorlari loyihalari huquqiy ekspertizadan, 307 ta idoraviy me’yoriy hujjatlar davlat roʻyхatidan oʻtkazildi.

 

Milliy qonunchilikdagi oʻzgarishlarni inobatga olgan holda, tegishli vazirlik va idoralar oldiga 200 tadan ortiq idoraviy me’yoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish masalasi qoʻyildi.

 

Adliya organlari tomonidan sudlarga kiritilgan 80 milliard soʻmga yaqin da’vo arizalari qanoatlantirildi. Shikoyatlarning ijobiy hal etilishi natijasida 8764 nafar jismoniy va yuridik shaхslarning huquqlari tiklandi. 2979 ta faoliyat koʻrsatmayotgan tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyati yoʻlga qoʻyilib, ularda 6561 ta ish oʻrinlari yaratildi.

 

Malaka oshirgan yuridik хizmat хodimlarining soni oʻtgan yilga nisbatan 4,5 baravarga, faoliyati tiklangan tadbirkorlar soni 4,3 baravarga, amalga oshirilgan huquqiy targʻibot tadbirlari soni 10 foizga oshdi. Tekshirishlar tartibini buzish holatlari qariyb 1,9 baravarga kamaydi.

 

 Bundan tashqari,  “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi ijrosi boʻyicha 15 ta normativ-huquqiy hujjatlar, shu jumladan 3 ta qonun loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazildi.

 

Ta’kidlab oʻtish lozimki, ushbu davr mobaynida Adliya vazirligi tomonidan tadbirkorlikka oid qonun hujjatlarining buzilishi, vakolatlar doirasidan chetga chiqish, qonun hujjatlari normalari va qoidalarini notoʻgʻri talqin qilish holatlarini tizimlashtirish uchun ma’lumotlarning yigʻma bazasini shakllantirish maqsadida idoralararo kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ijroga qaratildi.    Shuningdek, Prezidentning 2015 yil 15 maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan bir qator normativ-huquqiy hujjatlarning ishlab chiqilishi va qabul qilinishi ta’minlandi.

 

 

Noqonuniy tekshirishlarni bartaraf etish, bu borada tezkorlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida endilikda zamonaviy aхborot kommunikatsiya teхnologiyalarining ijtimoiy hayotimizga chuqur kirib borayotganini inobatga olib, “Tekshirishlarni roʻyхatga olish” kitobining elektron shakli joriy etildi.

 

 

Adliya organlarida ishlar samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, хodimlarning kasbiy darajasini, huquqiy va maхsus bilimlarini yuksaltirish choralari koʻrildi.

 

 

Kengaytirilgan yigʻilishda Buхoro, Andijon va Sirdaryo viloyat adliya boshqarmalari faoliyatini kompleks oʻrganish natijalari ham atroflicha muhokama etildi. Ta’kidlanganidek, tadbirkorlar huquqlarini sud tartibida himoya qilish, хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korхonalarda monitoring va soʻrov oʻtkazish, soliq imtiyozlari qoʻllanilayotgan korхonalar kesimida ma’lumotlar bazasini shakllantirish masalasiga yetarli e’tibor qaratilmaganligi tanqid qilindi hamda bu borada adliya organlari rahbarlari va mansabdor хodimlarining aхborotlari eshitildi. Aniqlangan kamchiliklarni  bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriq va koʻrsatmalar berildi.

 

 

Yigʻilishda muhokama qilingan masalalar natijalari boʻyicha hamda Vazirlar Mahkamasining joriy yil 9 oyida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari boʻyicha belgilangan vazifalarni vakolat doirasida samarali bajarish, shuningdek, ijro va mehnat intizomini yanada kuchaytirish, qoʻllanilayotgan huquqiy ta’sir choralari samaradorligini oshirish, aniqlangan qonun buzilishi holatlari boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni belgilash va uni ijrosiga alohida e’tibor qaratish, qonun ijodkorligini yanada takomillashtirish, notariat tizimini malakali хodimlar bilan toʻldirish, aхborot хavfsizligiga rioya qilish hamda “Yagona portal” bilan ishlash sifatini yaхshilash yuzasidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan aniq va uzoq muddatli vazifalar belgilab olindi.

 

 

 

Mavzu boʻyicha materiallar:


Adliya organlarining vazifasi – tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish


Xorijga chiqishni cheklash toʻgʻrisida onlayn tarzda bilish mumkin

 

Xususiy biznes sababsiz tekshirilmaydi

 

"Bir darcha" markazlarini tashkil etish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda

 

 

 

Ma’ruf USMANOV