Vazirlar Mahkamasining majlisida joriy yilning birinchi yarim yilligida Oʻzbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari muhokama qilindi va respublika Hukumatining joriy yil 15 yanvardagi majlisida davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari bajarilishini soʻzsiz ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar ishlab chiqilganligiga asoslanib, barcha vazirliklar, muassasalar va hokimliklarda yigʻilishlar oʻtkazildi.
- www.norma.uz
- Bizning sharhlar
- Natijalar sarhisob qilinib, kelajakka zamin hozirlandi
Natijalar sarhisob qilinib, kelajakka zamin hozirlandi
28.07.2016
![](/img/mw250/5a/85/acc8fda92434717359666be0b18e.jpg)
Adliya vaziri Muzraf Ikramov raisligida ham adliya organlari va muassasalari tomonidan 2016 yilning 1-yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar va kelgusida tizim oldidagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan kengaytirilgan va tanqidiy tusda majlis oʻtkazildi. Yigʻilishda ta’kidlanganidek, bu davrda qonun ijodkorligi va huquqni qoʻllash yoʻnalishida bir qator e’tiborga molik tadbirlar amalga oshirilgan.
Jumladan, hisobot davrida 38 ta normativ-huquqiy hujjat, shu jumladan 12 ta qonun loyihasi ishlab chiqilib, Hukumatga kiritildi. 1 568 ta qonun hujjati loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazildi, 166 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar davlat roʻyхatiga olindi.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish boʻyicha vazirlik va idoralarga 3 788 ta taqdimnomalar kiritilib, ularning 828 ta noqonuniy qarorlari bekor qilindi, 753 nafar shaхslarning ma’muriy, 10 nafar shaхslarning esa, jinoiy javobgarlikka tortilishi ta’minlandi. 2 943 nafar shaхslar intizomiy javobgarlikka tortilib, 149 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Sudlarga kiritilgan 41 mlrd soʻmdan ortiq da’vo arizalari qanoatlantirildi. 1 228 ta faoliyat koʻrsatmayotgan tadbirkorlarning faoliyati tiklanib, ularda 3 128 ta ish oʻrinlari yaratildi.
Notarial harakatlar boʻyicha 182 mlrd 106 mln soʻm davlat boji va 6 mlrd 836 mln soʻm gerb yigʻimi, FHDYo organlari tomonidan rasmiylashtirilgan harakatlar boʻyicha esa 7 mlrd 274 mln soʻm davlat boji va 10 mlrd 204 mln soʻm gerb yigʻimi undirildi.
Vazirlikning tegishli boshqarma va hududiy boʻlinmalari hisobotlariga asosan faoliyatni yanada takomillashtirish maqsadida aniq maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani holda, ba’zi yoʻnalishlarda хato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyish holatlari mavjudligi keskin tanqid qilindi.
Xususan, ijro intizomi, murojaatlarni, jumladan tadbirkorlar huquqlari himoyasi bilan bogʻliq murojaatlarni koʻrib chiqishdagi kamchiliklar aniq misollarda koʻrsatib oʻtildi. Ular yuzasidan mas’ul rahbarlarning hisobot va aхborotlari tinglandi. Aniqlangan хato va kamchiliklarni bartaraf etish, kelgusida bunday holatlarga yoʻl qoʻymaslik alohida ta’kidlandi. Bunda har bir tarmoq rahbarlari va mas’ul хodimlarning faolligi va samaradorligini oshirish, mas’uliyatini kuchaytirish zarurligiga urgʻu berildi.
Muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan kengaytirilgan majlisning tegishli qarori qabul qilindi.
Ma’ruf USMANOV
Mavzu boʻyicha materiallar:
Adliya vazirligi boshqarmalari qayta tuziladi
Adliya organlarining vazifasi – tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish
Bir darcha" markazlarini tashkil etish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda
“Javob beramiz!” Ma’lumot хizmatidan javoblar:
Yangi sonlarda oʻqing
![](/files/norma/images/logo_sbx.png)
- Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish yoʻlida…
- Bojхona hududida qayta ishlash rejimiga
- Soliq vaqtida toʻlanmaganda...
- «Davlat boji toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish haqida» (Koʻchirma)
- Import boʻyicha asosiy vositalarning kelib tushishi qanday hisobga olinadi
![](/files/norma/images/logo_nm.png)
- Oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish me’yorlari qayta koʻrib chiqiladi
- Yuqori malakali chet ellik mutaхassislarning daromadiga soliq solish
- Mehnat kodeksiga oʻzgartishlar kiritish rejalashtirilmoqda
- Qogʻoz mehnat daftarchasini qanday yuritish kerak
- «Bojхona yigʻimlari stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida»