Qonunchilik palatasining Mudofaa va хavfsizlik masalalari qoʻmitasida «Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida»gi qonun loyihasining yangi tahriri muhokama qilindi.
2019 yil 19 sentyabr kuni quyi palatada birinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasida norma ijodkorligi faoliyatining asosiy prinsiplari, asosiy tushunchalar, NHH turlari va oʻzaro nisbati yoritib berilgan.
Hujjatda normativ-huquqiy hujjatlarning toʻgʻridan-toʻgʻri ishlashiga, ular loyihalarining huquqiy, moliyaviy va korrupsiyaga qarshi ekspertizasini tashkil etishga alohida e’tibor qaratilgan.
Loyihada bir qator normalar taklif etilgan. Jumladan, NHH loyihalarini tayyorlashni rejalashtirish, ularni tegishli idoralar bilan kelishish tartibi qayd etilgan. Bunda vazirlik va idoralar rahbarlarining mas’uliyati belgilangan, loyihalarni jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish bilan bogʻliq normalar ham oʻz ifodasini topgan.