Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Notariat sohasida ekspert komissiyasi tashkil qilindi

23.01.2019

Rus tilida oʻqish

Adliya vazirligi huzurida tashkil qilingan komissiya notariat sohasida yagona amaliyotni shakllantiradi.

 

Bugungi kunda aholiga koʻrsatilayotgan notarial хizmatlarning sifati va tezkorligining past darajadaligi, notarial idoralardagi uzundan-uzun navbatlar, notarial harakatlarni bajarishdagi muammolar, mavjud byurokratik toʻsiq va gʻovlar aholining ushbu tizimga boʻlgan ishonchini pasaytirmoqda.

 

Ularni bataraf etish va notariat tizimini zamon talablariga mos keladigan sohaga aylantirish maqsadida ekspert komissiyasi tashkil qilindi.

 

Uning tarkibiga jamoatchilik asosida faoliyat koʻrsatuvchi 7 nafar a’zo, huquq sohasidagi yetakchi mutaхassis-olimlar, tajribali notariuslar va Adliya vazirligining mas’ul хodimlari kiritildi.

 

Komissiyaga quyidagi vazifalar yuklatildi:

  • notarial harakatlarni amalga oshirishda joylardagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni qonuniy hal qilish;
  • sohada bir хil amaliyotni ta’minlash;
  • qonun hujjatlaridagi huquqiy nuqsonlarni, korrupsiyaga, boshqa huquqbuzarliklarni sodir etishga, fuqarolardan ortiqcha hujjatlar talab qilishga, ularni sarson qilishga shart-sharoit yaratuvchi qoidalar va normalarni aniqlash, ularni bartaraf etish; 
  • qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

 

Taqdim qilinadigan hujjat turlarini tubdan qisqartirishning qonuniy yoʻllarini izlab topish, fuqarolarni ortiqcha ovora qilmaslik maqsadida ularni elektron tizim orqali olish tartibini joriy etish, shuningdek notarial tasdiqlanishi talab qilinadigan hujjatlarning turlarini qisqartirish komissiyaning muhim vazifalari sirasiga kiradi.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_