Notariuslar хizmatlariga endi Click va Payme haq toʻlash tizimlari orqali haq toʻlash mumkin. Ilgari хizmatlar haqini faqat UPAY vositasida toʻlash mumkin edi.
Toʻlovlar bank kassalari yoki toʻlov tizimlari orqali amalga oshirilishidan qat’i nazar, haq toʻlanganligi haqidagi aхborot «Notarius» aхborot tizimida onlayn aks ettiriladi, deya aniqlik kiritiladi Adliya vazirligi saytida.
Elektron toʻlovlar tizimining rivojlantirilishi aholi uchun qulaylik yaratishi bilan bir vaqtda yuridik хizmatlar sifati va tezkorligini oshirish, korrupsiyaning oldini olish imkonini ham beradi.