Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Offlayn plastik kartalar ishi toʻхtatiladi

12.12.2017

 

 

UzCard 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab DUET kartalari boʻyicha tranzaksiyalar oʻtkazishni toʻхtatadi. Bu haqda Yagona Umumrespublika protsessing markazi (YaUPM) хabar beradi.

 

Xabarda qayd qilinishicha, joriy yilning 3-choragi mobaynida  DUET (“offlayn”)  kartalar orqali 16,3 mlrd soʻmlik 14 mingdan biroz ortiq tranzaksiyalar oʻtkazilgan. Koʻrsatkichlardan kelib chiqib, ushbu kartalar boʻyicha tranzaksiyalarni toʻхtatish e’lon qilindi.

 

Xuddi shu davrda elektron tijorat boʻyicha yakuniy ma’lumotlar umuman Oʻzbekistonda bunday operatsiyalar soni shu yilning 2-choragiga nisbatan kamayib, 220 mln. tranzaksiyani tashkil etganini koʻrsatadi, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 182,4%ga koʻpdir, unda 77,9 mln. tranzaksiyalar qayd etilgandi.

 

3-chorakda elektron tijorat boʻyicha tranzaksiyalarning jami summasi 13,4 trln. soʻmni tashkil qilib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 228,4%ga oshgan (4,08 trln. soʻm).

 

3-chorak mobaynida Oʻzbekistonda 1,4 mln. plastik karta chiqarilib, bu 2-chorakka (908,210 ming birlik) qaraganda 54,2%ga koʻp demakdir.