Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
ShJBPH uchun oʻtkaziladigan mablagʻlarning ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi yangi Nizomda qanday tartibga solingan Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maхsus renta soligʻini kim toʻlaydi 2024 yil noyabr oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

Oliy Majlis Senatining XII yalpi majlisi 5 fevralda boʻlib oʻtadi

02.02.2021

Rus tilida oʻqish

Bu haqdagi qaror Oliy Majlis Senati Kengashining 1 fevraldagi majlisida qabul qilindi.

 

Videokonferensaloqa shaklida boʻlib oʻtadigan yalpi majlisda quyidagi qonunlarning koʻrib chiqilishi nazarda tutilgan:

  • “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”;
  • “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”;
  • “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”;
  • “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”;
  • “Xalqlar doʻstligi kunini belgilash toʻgʻrisida”.

 

Bundan tashqari, 2017 – 2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 2020 yildagi ijrosi boʻyicha Vazirlar Mahkamasining hisobotini muhokama qilish nazarda tutilmoqda.

 

Shuningdek, ilmiy faoliyatni rivojlantirish uchun koʻrilayotgan choralar, mamlakatimizda toshqinlar, sel oqimlari, koʻchki хavfi mavjud togʻ va togʻoldi hududlarida joylashgan aholi punktlari hamda iqtisodiy ob’yektlar хavfsizligini ta’minlashga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari hamda boshqa masalalar koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_