Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisida videokonferensaloqa tarzida oʻtkaziladigan Senatning yalpi majlisini chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Yalpi majlisda quyidagi qonunlarni muhokama qilish nazarda tutilmoqda:
- “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi;
- “Davlat bojхona хizmati toʻgʻrisida”gi “Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida”gi;
- “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi;
- “Farzandlikka olish tartibining huquqiy asoslari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi;
- “Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida”gi;
- “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi;
- “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi.
Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2021 yil birinchi yarim yillik yakunlari boʻyicha ijrosi toʻgʻrisidagi hisoboti eshitiladi.
Shuningdek, ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashdagi dolzarb muammolar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari, Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasining 2020 yildagi va 2021 yilning oʻtgan davridagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti hamda boshqa masalalar koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan.