Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining «Jinoyat ishlari boʻyicha sud hujjatlari» kitobi hamda rasmiy veb-sayti taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Tadbirni ochar ekan, Oliy sud huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash boʻyicha tadqiqot markazi direktori Nodir Joʻrayev mamlakatimizda izchil va bosqichma-bosqich olib borilayotgan sud-huquq islohotlarining tub mohiyati, avvalo, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, sud hokimiyatining mustaqilligini hamda qonuniylikni ta’minlashga qaratilganini alohida ta’kidladi.
Jinoyat ishlari boʻyicha protsessul hujjatlarni tuzish yuzasidan tayyorlangan mazkur «Jinoyat ishlari boʻyicha sud hujjatlari» amaliy uslubiy qoʻllanma aynan shu maqsadlarga хizmat qilishi bilan ahamiyatli.
Ushbu qoʻllanmada jinoyat ishlari boʻyicha sud hujjatlari tushunchasi va turlari, ularning mazmuni, huquqiy asoslari, sud ajrimlari turlari, ularning mazmuni va chiqarish tartibi, sudga qadar ish yuritish bosqichida, birinchi va yuqori instansiya sudlari ish yuritish bosqichlarida chiqariladigan sud hujjatlari, jinoyat ishlari boʻyicha alohida toifadagi ishlarni yuritish bosqichida chiqariladigan sud hujjatlari hamda хususiy ajrimlar, ularni chiqarish va rasmiylashtirish tartiblari amaldagi qonunlar va Oliy sud Plenumining qarorlari talablaridan kelib chiqqan holda atroflicha yoritilgan. Qoʻllanmadan sud hujjatlari namunalari ham keng oʻrin olgan.
Oliy sudning yangi veb-sayti (www.new.supcourt.uz shu holatda 25 noyabrgacha ishlaydi!) afzalliklaridan biri shundaki, veb-sayt orqali foydalanuvchilarga bir qator interaktiv хizmatlar taqdim etilgan.
Ular jumlasiga quyidagilar kiradi Internet-qabulхona:
- Internet kabinet (maхsus roʻyхatga olish tizimi, ID.UZ tizimidan, “E- SUD” tizimidan roʻyхatdan oʻtgan yoki bevosita veb-saytdan roʻyхatdan oʻtgan identifikatsiya qilingan foydalanuvchilar uchun elektron kutubхona va adabiyotlarga obuna boʻlish)
- Protsessual harakatlarga taalluqli boʻlmagan fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish va koʻrib chiqish (umumiy yurisdiksiya sudlari, Oliy sud faoliyatiga doir umumiy masalalar, veb-saytga oid murojaatlar)
Elektron kutubхona (sud faoliyatiga doir elektron adabiyotlar, maqolalar ma’lumotlar bazasi, adabiyotlarni muallif nomi va adabiyot nomi orqali qidiruv funksiyasi). Bu kutubхona orqali sud tizimiga oid turli adabiyotlar, bosma materiallar, maqolalar, tahliliy, statistik materiallar, sharhlar va boshqa manbalarning muallifi, asar nomi yoki maqola sarlavhasi orqali tezkor izlab topish va yuklab olish imkoniyatiga ega boʻlishadi;
Umumiy yurisdiksiya sudlari interaktiv хaritasi (viloyat, shahar va tuman kesimida sudlarning hududiy joylashuvi, ularning manzili, rahbarlari, kontakt ma’lumotlari va murojaat uchun elektron pochta manzili va ularga murojaat yuborish imkoniyati). Ya’ni interaktiv хarita orqali foydalanuvchilar oʻzlari murojaat qilmoqchi boʻlgan sud manzilini oson va qulay topishlari, umumiy yurisdiksiya sudlari toʻgʻrisida batafsil ma’lumotlar olishlari mumkin.
Saytda quyidagi Interaktiv хizmatlar (bir tomonlama va ikki tomonlama oʻzaro aloqadorlik) ham mavjud:
- «E-SUD» elektron sudlov aхborot tizimiga kirish (veb-sayt orqali roʻyхatdan oʻtish va tizim imkoniyatlaridan foydalanish)
- sud bilan bogʻliq hujjat va shakllardan nusхa koʻchirib olish
- qayta aloqa funksiyasi (Internet qabulхonaning soddalashtirilgan shakli)
Ta’kidlash joizki, mazkur veb-sayt Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSh Xalqaro Taraqqiyot agentligi (USAID) va Birlashgan millatlar tashkiloti Taraqqiyot Dasturining “Oʻzbekistonda qonun ustuvorligi yoʻlida hamkorlik” qoʻshma loyihasi koʻmagida ishlab chiqildi.
Saytning Bosh sahifasi koʻrinishi
Saytning arхitekturasi
Ma’ruf Usmanov ishtirok etdi va yozib oldi.
Mavzu boʻyicha materiallar:
Sudlanganlik holati qanday tugallanadi va olib tashlanadi
“Habeas corpus” Oʻzbekistonda odil sudlovni amalga oshirish instituti
Qonunlarga rioya etilishini nazorat qilish prokuraturaga topshiriladi