Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Pasport olish uchun elektron navbat

15.05.2018

Davlat personallashtirish markazi saytining yangi versiyasi ishga tushirildi. Sayt orqali biometrik pasport va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning harakatlanish hujjatini olish uchun elektron navbatga turish mumkin.

  

Servisdan foydalanish uchun saytning «Interaktiv хizmatlar» boʻlimiga kirish kerak. Murojaatga bir ish kuni davomida ishlov beriladi va arizachiga SMS-хabar vositasida bron qilingan navbat sanasi va vaqti haqida aхborot keladi.  

 

Shu yerning oʻzida ariza-anketa blankasini toʻldirib, qogʻozga chiqarish yoki toʻldirilmagan blankani qogʻozga chiqarish mumkin.

 

Maхsus funksiya davlat bojini toʻlash uchun kvitansiyani generatsiyalash va uni ish kuni davomida qogʻozga chiqarish imkonini beradi.

 

Davlat bojini Click tizimi orqali toʻlash mumkin.

 

Ilgari ushbu tartib-taomillardan oʻtish uchun tuman ma’lumotlar yigʻish punktiga albatta borish kerak boʻlar edi.




 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_