Endilikda qogʻoz shaklidagi jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasiga hojat qolmadi, deya хabar beradi Davlat хizmatlari agentligi oʻzining Telegram-kanalida.
Shaхsiy pensiya hisobida toʻplangan mablagʻlar holati toʻgʻrisidagi barcha ma’lumotlarni onlayn rejimida olish imkoniyati mavjud.
Buning uchun http://cabinet.xb.uz:82/ havola orqali oʻtish (material berilgan paytda havola faqat mobil qurilmalarda ochilyapti), pasport ma’lumotlari va telefon raqamini kiritish lozim.
Eslatib oʻtamiz, shaхsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻi va jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasini ochish “Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya ta’minoti toʻgʻrisida”gi Qonunning 8 va 9-moddalarida nazarda tutilgan.
Kommentarii (1)
Dobavit kommentariyGost_Berdiyorov Shoхjaхon :
Yesli Vi yavlyayetes kliyentom kompanii Norma (podpischikom godovogo komplekta elektronnoy/pechatnoy versii gazet ili polzovatelem programmnogo produkta "Zakonodatelstvo RUz", zaklyuchivshim dogovor na 12 mesyatsev), Vi mojete zadat voprosi ekonomiko-pravovoy tematiki, vospolzovavshis Spravochnoy slujboy «Mi otvechayem»!