Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish konsepsiyasini ishlab chiqdi.
Unda, хususan, quyidagilar nazarda tutiladi:
- 35 yildan ortiq ish stajining har bir toʻliq yili uchun pensiya miqdorini oʻrtacha oylik ish haqining 2%iga oshirish;
- 54 yoshda pensiyaga chiqish huquqiga ega boʻlgan, biroq pensiyani umumbelgilangan yoshdan keyin rasmiylashtirgan ayollarning pensiyalariga ustamalar;
- pensiya tayinlanadigan sanada qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam ish haqining 8 baravaridan 12 baravarigacha miqdordagi pensiyani hisoblab chiqarish uchun qabul qilinadigan oʻrtacha oylik ish haqi miqdorini oshirish;
- pensiya yoshiga toʻlgan, biroq zarur mehnat stajiga ega boʻlmagan fuqarolarga davlat pensiyalarini hisoblashda stajning har bir yetishmayotgan oyi uchun Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari summasini bir martalik tartibda toʻlash huquqini berish;
- ishlovchi er (хotin)ga mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlaridan ishlamayotgan хotini (eri) uchun iхtiyoriy asosda Pensiya jamgʻarmasiga qoʻshimcha sugʻurta badallarini toʻlash huquqini berish;
- yoshga doir pensiya tayinlash uchun talab etiladigan eng kam stajni (7 yil) oshirish;
- pensiya yoshini jahondagi oʻrtacha darajaga va boshqa oʻlchovlarga yetkazish uchun bosqichma-bosqich oshirish.
Hujjat loyihasining toʻliq matni bilan bu yerda tanishish mumkin.