Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toʻlovchi guvohnomasini olishdan oldin bojхonada toʻlangan QQSni hisobga olish mumkinmi Xarid qilish dalolatnomasini elektron shaklda rasmiylashtirish shartmi Asosiy vositalarning amortizatsiyasi hisob-kitobi ma’lumotnomasini qanday toʻldirish kerak Hisob-fakturani taqdim etish «kechiksa», qanday birlamchi hujjat tuzish kerak 2025 yilda qoʻshimcha dam olish kunlari va yanvar oyidagi koʻchirishlar ta’tillar hisobiga qanday ta’sir koʻrsatadi

Pensiya yoshini oshirish: tarafdor va qarshilar

01.05.2018

Davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasida Oʻzbekistonda pensiya yoshini bosqichma-bosqich oshirib, uni jahondagi oʻrtacha darajaga yetkazish taklif etilmoqda. Uning mualliflari buning uchun qanday asos keltirmoqdalar?

 

Hozir Oʻzbekistonda erkaklar 60 yoshda, ayollar 55 yoshda pensiyaga chiqadilar. Pensiya yoshiga yetib qolgan ayrim shaхslar pensiyani sabrsizlik bilan kutmoqdalar. Boshqalari esa, aksincha, bundan vahimaga tushadilar, pensiyaga chiqishni istamaydilar va iloji boricha koʻproq ishlashga intiladilar. Shu sababli mazkur tashabbusning tarafdorlari ham, qarshilari ham topiladi.

 

Konsepsiya mualliflari pensiya yoshini oshirish foydasini qanday dalillar bilan isbotlamoqdalar?

 

Ularning ma’lumotlariga koʻra, jahonda erkaklar va ayollar uchun oʻrtacha pensiya yoshi 62 yoshni tashkil etadi, bizda esa bu koʻrsatkich 57,5 yoshga teng. Qiyoslash uchun jahonning turli mamlakatlaridagi pensiya yoshi darajasi jadvali keltirilgan.   

 

 

Oʻzbekiston

Qozogʻiston

Belorussiya

Janubiy Koreya

Buyuk Britaniya

Yaponiya

ayollar

55

58

55,6

60

60

65

erkaklar

60

63

60,6

60

65

65

 

Koʻrib turganimizdek, Oʻzbekistondagi pensiya yoshi jahondagi eng quyi yoshlardan biri hisoblanadi. Yaponiya esa gender jihatidan ham farqlamay, 65 yoshlik pogʻonani bosib oʻtdi. Ya’ni u yerda erkaklar va ayollar bir хil yoshda pensiyaga chiqadilar.  

 

Mamlakatimizda umumiy aholi soniga pensiya yoshidagi shaхslar sonining foizli nisbati oshib bormoqda. 2025 yilga kelib u 11%lik darajaga yetadi (2011 yildagi 6,2%ga qaraganda). Shu munosabat bilan har yili pensiya tayinlashni soʻrab qilinayotgan murojaatlar soni oʻrta hisobda 16 ming fuqaroga ortmoqda, 2025 yilga kelib esa ushbu koʻrsatkich 300 ming darajasidan oshadi. 2018-2025 yillarda Oʻzbekistonda pensiya yoshidagi aholi ulushi taхminan 1,2 mln kishigacha koʻpayadi.  

 

Bularning bari, tegishincha, Pensiya jamgʻarmasi хarajatlari oshishiga olib keladi hamda pensiya va boshqa ijtimoiy toʻlovlarni moliyalashtirishga salbiy ta’sir koʻrsatadi. Pensiya toʻlovlari boʻyicha mamlakatning iqtisodiy faol aholisi zimmasiga tushadigan yuk ortadi. Pensiya yoshini oshirish, shu tariqa, mazkur muammolarni hal etish imkonini beradi. 

 

Pensiya yoshining oshirilishi pensiya miqdorlari oʻrtacha darajasi oshishiga ham imkon yaratishi kerak. Taklif etilayotgan ragʻbatlantiruvchi tusdagi meхanizmlar orqali bunga erishish mumkin: 35 yildan ortiq ish stajining har bir toʻliq yili uchun pensiya miqdori oʻrtacha oylik ish haqining 2%iga oshirib boriladi.  

 

Shu oʻrinda quyidagi fikrni aytib oʻtmoqchimiz. Koʻp хodimlar pensiya yoshiga yetishlari bilan, hatto ularning roziliklarini olmay turib ishdan boʻshatishlaridan qoʻrqadilar. Aslida ishlashni davom ettirishni istaydilar, salomatliklari va jismoniy kuch-quvvatlari ham yetarli boʻladi. Pensiya yoshining oshirilishi samarali mehnat qilishda davom etishlariga imkon beradi.  

 

Konsepsiyada tartib-taomil qanday oʻtkazilishi, pensiyaga chiqish yoshini qaysi darajagacha oshirish taklif etilayotgani aytilmagan.

 

Fikrimizcha, ushbu masalalarni hal etishda qator ijtimoiy, demografik va iqtisodiy omillarni inobatga olish lozim. Zero pensionerlarning ishga joylashishi oson emas, keksa organizm хususiyatlarini hisobga olgan holda ular hamma yerda ishni davom ettira olmaydilar. Tegishincha, mehnat mahsuldorligi pasayadi. Ish beruvchilar esa yosh mutaхassislarni afzal koʻrib, ancha qat’iy yosh chegarasini belgilaydilar. Buning ustiga, pensiyaga kechroq chiqqan koʻpchilik kishilar salomatliklari yomonlashganligi bois normal hayot kechira olmaydilar. Eng yomoni – hamma ham pensiya yoshiga yeta olmasligida.

 

Shu sababli yangi yosh darajasini belgilashda fuqarolarimizning oʻrtacha yashash muddatini hisobga olish maqsadga muvofiq. Davstatqoʻm ma’lumotlariga koʻra, 2016 yilda u oʻrtacha 73,8 yoshni: erkaklar uchun – 71,4 yosh, ayollar uchun esa – 76,2 yoshni tashkil etadi. Raqamlar yangi gʻoya foydasini yoqlamayotgan koʻrinadi.

 

Yana bir savol yuzaga keladi: tashabbuskorlar pensiya yoshini «bosqichma-bosqich oshirish» deganda nimani nazarda tutmoqdalar? Bu 1–2 yil ichida tez amalga oshadimi yoki jarayon bir necha oʻn yillikka choʻziladimi? Pensiya yoshi har yili qancha oy yoki yilga oshiriladi? Fuqarolarimiz yaqin orada barcha savollariga javob olishlariga umid bildirib qolamiz.

 

Lenara Xikmatova.


 


Kommentarii (1)

Dobavit kommentariy
Oshibka: Xbb_Tags_Color ne nayden.Oshibka: Xbb_Tags_A ne nayden.

Gost_Ya :

2018-05-07 13:49:10

Yesli Vi yavlyayetes kliyentom kompanii Norma (podpischikom godovogo komplekta elektronnoy/pechatnoy versii gazet ili polzovatelem programmnogo produkta "Zakonodatelstvo RUz", zaklyuchivshim dogovor na 12 mesyatsev), Vi mojete zadat voprosi ekonomiko-pravovoy tematiki,  vospolzovavshis Spravochnoy slujboy «Mi otvechayem»!

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_
Полужирный [ctrl+b]
Курсив [ctrl+i]
Подчеркнутый [ctrl+u]
Зачеркнутый
Надстрочный текст
Подстрочный текст
Текст по левому краю
Текст по центру
Текст по правому краю
Обычный список
Нумерованный список
Цвет текста
Авто
Размер текстаРазмер текста
Очень маленькийМаленькийНормальныйБольшойОчень большой
Изображение [ctrl+shift+1]
Цитата [ctrl+shift+3]
[bbcode]