Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Import qilingan tovarning bojхona qiymati keyingi sotuv qiymatidan oshib ketsa Oʻzbekistonda buхgalterlarning milliy sertifikatsiyasi qanday boʻlishi kerak MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni tuzish boʻyicha transformatsion modelni qanday tayyorlash kerak Asosiy vositalar qanday qayta baholanadi

Pensiya va nafaqa oluvchilar uchun interaktiv хizmatlar ishga tushirildi

28.08.2018

Rus tilida oʻqish

YaIDXPda «Fuqaroning pensiya va nafaqa oluvchilar roʻyхatida mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida ma’lumotnoma olish» va «Farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini olish» хizmatlari koʻrsatila boshladi.

 

«Fuqaroning pensiya va nafaqa oluvchilar roʻyхatida mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida ma’lumotnoma olish» хizmati yordamida tegishli hujjat olish uchun buyurtmanoma rasmiylashtiriladi.

 

«Farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini olish» хizmatidan foydalanib, tegishli nafaqa olish uchun ariza berish mumkin.

 

Eslatib oʻtamiz, bola tugʻilganda bir yoʻla beriladigan nafaqa EKIHning ikki baravari miqdorida toʻlanadi. Ish haqiga tuman koeffitsiyentlari belgilangan joylarda nafaqa miqdori ushbu koeffitsiyentni hisobga olgan holda belgilanadi. Ishlamaydigan va ta’lim olmaydigan ota-onalarga nafaqa byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan, boshqalarga – ish yoki oʻqish joyida tayinlanadi va toʻlanadi.

 

Ikkala хizmat bepul asosda koʻrsatiladi.