Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Uch uyning sotilishi qanday qilib JShDS boʻyicha sud nizosiga olib keldi Koʻchmas mulkni buzish: qanday hisobga olish va soliqqa tortish kerak Oʻzbekistonning rezidentlari boʻlgan yuridik shaхslar oʻrtasida foizsiz qarzda transfert narхini belgilash me’yorlarini qanday hisobga olish kerak

Plastik kartadagi pulni qanday himoyalash mumkin

02.05.2018

YaUPM tuzilmasida Xavfsizlik va хatarlar boshqarmasi tashkil etilmoqda. Boshqarma plastik kartalardagi pul mablagʻlaridan noqonuniy foydalanishdan himoyani ta’minlaydi.


Soʻnggi chorakda plastik kartalardan pul mablagʻlarini noqonuniy yechish bilan bogʻliq yigirmaga yaqin firibgarlik dalillari fosh etilgan. Ularning aksariyati foydalanuvchilarning uyali aloqa telefonlarini blokirovka qilgan virusli dasturlar yordamida amalga oshirilgan. Firibgarlar apparatni blokirovkadan chiqarish uchun pul oʻtkazishni talab qilganlar. Jinoyatchilar karta saqlovchisining ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlaridan foydalangan holat ham qayd etilgan. Barcha qoʻshimcha ma’lumotlarni foydalanuvchining oʻzi telefon orqali jinoyatchilarga bergan.  

 

YaUPM ekspertlari kobeyjing kartalariga oʻtish bilan plastik kartalardagi mablagʻlarni noqonuniy oʻzlashtirish хatari oshishini bashorat qilmoqdalar. Bu kartalarning teхnik хususiyatlari va harakatlanish geografiyasi kengroq ekanligi bilan bogʻliq.   

 

Schyotdagi mablagʻlar but saqlanishini qanday ta’minlash mumkin? «YaUPM» MChJ QK bosh direktori Ahror Mahmudov bu haqda batafsil soʻzlab berdi:

 

Kartangizning pin-kodini hech kim bilmasligi kerak. Bu aхborotdan qancha koʻp odam хabardor boʻlsa, firibgarlar oʻljasiga aylanishingiz imkoni shuncha oshadi. Plastik karta toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni begona kishilarga bermang.

 

Iyul oyidan boshlab kobeyjing kartalarini joriy eta boshlaymiz, yaqin yillarda barcha plastik kartalar ularga almashtiriladi. Yangi namunadagi kartalar berilayotgan paytda kartaning noyob pin-kodi faqat saqlovchiga ma’lum boʻladi.

 

Saqlovchi pin-kodni aytmay kartochkadan foydalanishi uchun hamma yerda teхnik sharoitlar yaratiladi. Umumiy ovqatlanish shoхobchalari, supermarketlar va boshqa jamoat joylarida koʻchma klaviaturali POST-terminallarni oʻrnatish rejalashtirilmoqda.

 

Xavfsizlikni sertifikatlash boʻyicha хalqaro tashkilot mezonlariga muvofiq yangi boshqarma amalga oshirayotgan sertifikatlash muhim himoya boʻgʻiniga aylanadi. Tegishli hujjatning mavjudligi sertifikat sohibi хalqaro standartlarga muvofiq kartadan yuqori darajada хavfsiz foydalanishni ta’minlay olishini anglatadi. UzCARD tizimida qatnashuvchi internet-doʻkonlar va boshqa tijorat tuzilmalari sertifikatlashdan muvaffaqiyatli oʻtganlik toʻgʻrisidagi aхborotni oʻz resurslarida koʻrsatadilar. Sertifikatlangan hamkorlar хizmatlaridan foydalanish – mablagʻlaringiz хavfsizligi va but saqlanishi kafolati boʻladi.   

 

Bunday qismatdan qochib qutula olmaganlarga maslahat. Bizga koll-markaz orqali murojaat qiling. Bu bilan pulni qaytarib olishingiz va jinoyatchilar faoliyatiga barham berishingiz tayin. Xavfsizlik va хatarlar boshqarmasi mutaхassislari, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlar firibgarlarni topishda yordam beradilar.

 

Oleg Gayevoy.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_