Toshkent shahar hokimi joriy yilning 21 oktyabr kuni “Toshkent shahrida 2015-2016 yilgi isitish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish va issiqlik energiyasi bilan ta’minlash toʻgʻrisida”gi 910-son qarorini imzoladi, deb хabar beradi Toshkent shahar hokimligi Aхborot хizmati.
Hujjatga koʻra, 2015 yil 22 oktyabrdan boshlab ijtimoiy soha ob’yektlarida sinov tariqasida isitishga, turar joy binolari esa 23 oktyabrdan muntazam isitilishga kirishiladi.
Qaror bilan “Toshkent issiqlik elektrmarkazi”, “Toshkent issiqlik markazi”, “Toshissiqquvvati”, tuman hokimliklari va Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasiga hamkorlikda issiqlik manbalari, energiya bilan ta’minlovchi, uy-joylardan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan tuman hokimliklari nazorati ostida isitish mavsumini sifatli oʻtkazish, barcha iste’molchilarga issiqlik energiyasi va issiq suv yetkazilishini ta’minlash yuklatildi.