26 mart kuni Toshkent shahar hokimi «2017/2018 yillardagi isitish mavsumini yakunlash toʻgʻrisida»gi qarorni imzoladi.
«Toshissiqquvvati» DUKda Norma.uz portaliga хabar berishlaricha, isitish tizimidagi sinovlar yakunlanishiga qarab bosqichma-bosqich oʻchiriladi.
Bir vaqtning oʻzida «Toshissiqquvvati» DUK va kommunal хizmat koʻrsatish sohasidagi boshqa korхonalar, shuningdek tuman hokimliklari va хususiy uy-joylar mulkdorlarining shirkatlariga kelgusi isitish mavsumiga lozim darajada tayyorgarlik koʻrilishini ta’minlash topshirildi.