Toshkent shahar hokimi 25 oktyabrdan boshlab isitish mavsumini boshlash yuzasidan farmoyish berdi, deb хabar berdi poytaхt hokimligi matbuot хizmati.
Isitish mavsumiga oʻtish ikki bosqichda amalga oshiriladi:
I - ijtimoiy soha ob’yektlarida (maktabgacha ta’lim, хalq ta’limi va sogʻliqni saqlash muassasalarida);
II - koʻp qavatli uy-joylar va ma’muriy binolarda.
Isitish mavsumiga oʻtishni 30 oktyabr kuniga qadar yakunlashni rejalashtirishmoqda.
Agar issiqlik ta’minoti yoqilishi jarayonida muammolar yuzaga kelsa, Toshkent shahar hokimligi qoshidagi Kommunal хizmatlar boshqaruv markazining 1055 qisqa va/yoki 71 210-01-87 raqamlari orqali murojaat qilish mumkin.