Yurtimizda yangicha uslub va yangiliklarini qoʻllagan holda, keng koʻlamli qurilish va obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. Xususan, tez orada poytaхtimiz Toshkentda yana bir qator bunyodkorlik ishlari avj oladi.
Yunusobod tumanini Mirzo Ulugʻbek tumani bilan bogʻlovchi yangi yoʻl hamda Boʻzsuv kanali ustida quriladigan 510 metrlik koʻprik loyihalarining qurilish ishlari boshlanish arafasida.
Yangi shahar koʻchasini Bogʻishamol koʻchasi bilan bogʻlaydigan olti yoʻlakdan iborat yangi avtomobil yoʻli Mega Planet savdo markazi oldidan boshlanib, mahallalar ichidan oʻtadi va Kabel zavodiga borib tutashadi. Yangi yoʻlning umumiy uzunligi 1 ming 100 metrdan iborat.
Ushbu ob’yektlarda qurilish ishlarini 2017 yil mart oyida toʻliq va sifatli yakunlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Magistral boʻylab qatnov boshlanishi Navroʻz bayramiga moʻljallangan.
Kommentarii (1)
Dobavit kommentariyGost_7777 :
Yesli Vi yavlyayetes kliyentom kompanii Norma (podpischikom godovogo komplekta elektronnoy/pechatnoy versii gazet ili polzovatelem programmnogo produkta "Zakonodatelstvo RUz", zaklyuchivshim dogovor na 12 mesyatsev), Vi mojete zadat voprosi ekonomiko-pravovoy tematiki, vospolzovavshis Spravochnoy slujboy «Mi otvechayem»!