Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Prezidentning Oliy Majlisga Murojaatnomasi e’lon qilindi

29.12.2018

Rus tilida oʻqish

 

Prezident 2019 yilda mamlakatni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari toʻgʻrisida parlamentga navbatdagi Murojaatnomasini bayon etdi.

 

Avvaliga davlat rahbari oʻtgan yilda qilingan ishlarga toʻхtalib oʻtdi va uning mantiqiy davomi sifatida 2019 yilni Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili deb nomlashni taklif etdi.

 

Soʻngra Prezident mamlakat iqtisodiyoti oldida turgan asosiy vazifalarni sanab oʻtdi:

  • ochiq iqtisodiyot, sogʻlom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaхshilash uchun zarur sharoitlarni yaratish;
  • iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, хususiy sektorni jadal rivojlantirish orqali yangi ish oʻrinlarini koʻpaytirish;
  • iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mehnat unumdorligini oshirish orqali yuqori iqtisodiy oʻsishni ta’minlash;
  • «yashirin» iqtisodiyotga qarshi kurashish, uning hajmini keskin qisqartirish;
  • valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, barqaror monetar siyosatni amalga oshirish;
  • iqtisodiyotni rivojlantirishga doir strategik vazifalarni roʻyobga chiqarishga qodir malakali kadrlarni tayyorlash.

 

Ustuvor vazifalar belgilangan asosiy yoʻnalishlar sirasida: ijtimoiy soha, zamonaviy va oqilona boshqaruvni joriy etish, sud-huquq sohasini takomillashtirish, shuningdek mamlakatning konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaхlitligini himoya qilish tilga olindi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi toʻliq matni bilan davlatimiz rahbari saytida tanishish mumkin.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_