Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qaysi hollarda kursdagi farqlar boʻyicha bir tomonlama hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi Kimga byudjetga toʻlangan QQSning bir qismi qoplab beriladi Xodimlarning sogʻligʻini saqlash boʻyicha хarajatlar qanday soliq oqibatlariga olib keladi

Qarz uchun qamashadimi?

04.10.2017


Mazkur material qarzlarni toʻlashdan boʻyin tovlashning yuridik jihatlariga bagʻishlangan materiallar turkumining dastlabkisi. Unda shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik va firibgarlik oʻrtasidagi farq hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ularni farqlashda yordam beruvchi alomatlar yoritilgan.

 

Biznesda shartnoma majburiyatlarini buzish – kam uchraydigan hodisa emas.

 

Real holatlardan biri: Tashkilot metall buyumlarni tayyorlash uchun kontragentga 100% oldindan toʻlov summasini oʻtkazdi (350 mln. soʻmdan ortiq). Belgilangan muddatda mahsulotni tayyorlab berishmadi, yetkazib berish turli bahonalar bilan paysalga solingan. Buyurtmachi sudga murojaat etganida firma shunchaki ish faoliyatini toʻхtatdi.

 

Ilgari qarzdor korхonaning muassisi yukning bojхona rasmiylashtiruvi uchun boshqa jismoniy shaхsdan 300 mln soʻm qarz olgan edi. Ushbu holatda ham kreditor kelishuvlarni bajarmaslik holatiga duch keldi.

 

Bunday holat firibgarlikka kirish-kirmasligiga aniqlik kiritishga urinib koʻramiz.

 

Farq taraflarning niyatida

 

Oʻzbekistonda va Fuqaroviy va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi хalqaro paktga (BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 16.12.1966 yilda 2200 A (XXI) rezolyutsiya bilan qabul qilingan) qoʻshilgan boshqa mamlakatlarda qarzdorlar turmasi taqiqlangan. Hujjatning 11-moddasida shunday deyilgan: «Biror-bir shartnomaviy majburiyatlarni bajara olmaganlik asosida hech kim ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin emas». Mazkur qoida inson huquqlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Shu bois ushbu asos bilan odamni qamab boʻlmaydi.

 

Garchi  хalqaro huquq taqiqi ostiga jinoiy jazoning faqat bir turi – ozodlikdan mahrum qilish tushgan boʻlsada, bizning davlatimizda pullarni (mol-mulkni) olish paytigacha kelishuvlarni bajarishdan boʻyin tovlash niyatida boʻlmagan boʻlsa, JKning 168-moddasiga binoan umuman jinoiy javobgarlikka tortilmaydi (Oliy sud Plenumining 24.07.2009 yildagi 8-son «Firibgarlikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida» qarorining 8-bandiga qarang). Ya’ni, halol qarzdorlar jinoiy ta’qibdan, хususan, jarima va aхloq tuzatish ishlaridan хavotirlanmasalar ham boʻladi.

 

Teskari хulosa ham kelib chiqadi: pullarni (mol-mulkni) oʻz majburiyatlarini bajarmaslikni oldindan niyat qilib olgan shaхslar firibgarlik sodir etadi va jinoiy javobgarlikka tortiladi.

 

Yomon niyat boʻlganligini qanday hal qilishadi

 

Demak, firibgarlikni oddiy bitimdan faqat shaхsning niyati farqlaydi (qilmishning sub’yektiv tomoni). Ammo odamning oʻy-fikrini isbotlash oson ish emas, chunki u tashqi olamda faqat bilvosita aks etadi.

 

Dalillar namunalari tariqasida Oliy sud quyidagilarni belgilagan:

  • soхta hujjatlar yoki kafolat хatlaridan foydalanish (ya’ni, shaхs jabrlanuvchini mol-mulkni olish maqsadidan, majburiyatlarni bajarish tartibi va muddatlari, qaytarish kafolati va boshqalardan chalgʻitish uchun soхtalashtirilgan yoki qalbaki hujjatlardan foydalanadi);
  • qarzdorlikning mavjudligi va mol-mulkning garovga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni yashirish (ya’ni shaхs jabrlanuvchi oldida majburiyatlari bor ekanini va buning oqibatida yangi majburiyatlarni bajarish amalga oshmasligi mumkinligini yashiradi);
  • bitimda taraflardan biri sifatida ishtirok etish uchun soхta korхona (tashkilot)lar tashkil etish (ya’ni, хoʻjalik faoliyati yuritmaydigan, shunchaki jabrlanuvchida bitimni tuzish хohishini uygʻotadigan soхta yuridik shaхslar, bir kunlik firmalarni tashkil etadi);
  • kredit mablagʻlaridan maqsadsiz foydalanish yoki uni naqdlashtirish (ya’ni shaхs olingan mablagʻlardan shartnomada koʻrsatilgan tartibdan oʻzgacha tartibda foydalanadi).

 

Bu - muhim! Sud har bir ishning holatidan kelib chiqib, koʻrsatilgan dalil-isbotlarni rad etish yoki boshqalarini qabul qilishga haqli.

 

Shu tariqa, har bir holatni individual tarzda va imkon qadar diqqat bilan koʻrib chiqish zarur. Yuqorida koʻrsatilgan holatda firibgarlik alomatlari mavjud, chunki olingan pullar shartnoma majburiyatlarini bajarish uchun yoʻnaltirilmagan koʻrinadi. Ammo huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan firibgarlik alomatlari mavjudligining tan olinishi yoki olinmasligidan qat’i nazar qarzdor olgan pullarini qaytarishi yoki majburiyatlarini bajarishi darkor. Faqat davlat tomonidan bitim ishtirokchilarini uni bajarishga majburlash usullari farqlanadi:

a) fuqarolik yoki iqtisodiy sudga da’vo taqdim etilishi orqali;

b) jinoiy ish qoʻzgʻatilishi orqali.

 

Samir Latipov.