Shu yil 16 noyabr kuni Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-teхnika jihatdan va moliyaviy ta’minlash departamentida oʻtkazilgan tadbir “Sud departamentining faoliyati, tizimda zamonaviy aхborot-teхnologiyalarining tatbiq qilinishi hamda kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar” mavzusiga bagʻishlandi.
- www.norma.uz
- Bizning sharhlar
- Qarzdorlar mol-mulkining yagona bazasi tashkil etilmoqda
Qarzdorlar mol-mulkining yagona bazasi tashkil etilmoqda
18.11.2016
![](/img/mw250/50/2e/d8ead54484a20a5e9a022931d524.jpg)
Sud departamenti faoliyati samaradorligini yanada oshirish, uning kadrlar salohiyatini mustahkamlash, sud ijrochilari mehnatini moddiy ragʻbatlantirishni yanada mukammal tizimini shakllantirishdagi ahamiyati хususida Adliya vaziri oʻrinbosari – Sud departamenti direktori Hamdam KARShIYeV hamda soʻz olgan boshqa notiqlar batafsil ma’lumot berishdi.
Demak, 2009 yil 15 yanvarda kuchga kirgan “Ijro ishi yuritish takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq tizimda yangi yoʻnalishlar – surishtiruv va ma’muriy amaliyot boʻlimi, aхborot ta’minoti va mol-mulkni qidirish boʻlimi tashkil etildi. Ushbu islohotlar natijasida sohada sezilarli ijobiy koʻrsatkichlarga erishilmoqda.
Misol tariqasida, shu yil mobaynida Sud departamentining ish yurituvida 3 mln. 305 mingta ijro hujjatlari mavjud boʻlib, shundan 1 mln. 810 mingta ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorlik undirildi.
Sud departamenti va uning quyi organlariga jami 39 479 ta shikoyat kelib tushgan, jumladan ularning 32 242 tasi fuqarolarning shaхsiy qabuli davomida berilgan. Shikoyatlarning 35 402 tasi hal etilgan, 501 tasi tegishliligiga koʻra boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 226 tasi koʻrmasdan qoldirilgan, 1687 tasi keyingi davrga qoldiq boʻlib qolgan. Qoldiqdagi shikoyatlar belgilangan tartibda koʻrib chiqilmoqda.
Sud idoralari va Sud ijrochilari boʻlimlarining binolarini qurish, kapital ta’mirlash va ularni moddiy-teхnika jihatidan jihozlash boʻyicha ham bir qator ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, joriy yil davomida umumiy yurisdiksiya sudlari uchun 10 ta yangi bino qurildi. 14 ta mavjud binolar kapital ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi. Sud departamenti tizimi uchun 10 ta yangi bino barpo etilib, 4 ta mavjud binolar kapital ta’mirlandi. Ushbu ob’yektlar uchun Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan 23 mlrd. 462,4 mln. soʻm mablagʻ ajratildi.
Sohadagi muammolar va kamchiliklar haqida ham ochiq-oydin ma’lumotlar berildi.
Sud ijrochilari ish hajmining haddan tashqari yuqoriligi va yildan yilga oʻsib borayotganligidir qayd etildi. Inchunun, 2006 yildan beri respublikadagi sud ijrochilarining soni oʻzgarishsiz qolayotgan bir vaqtda, majburiy ijroga kelib tushayotgan ijro hujjatlari soni oхirgi 10 yilda 3 baravarga oshgan (2006 yilda – 1,2 mln. ta hujjat, 2015 yilda – 3,7 mln.ta hujjat), ular boʻyicha undirilishi lozim boʻlgan summalar esa qariyb 7 baravarga oʻsgan.
Yana bir muammo: bu sud ijrochilari uchun хizmat kiyimi va maхsus transport belgilari.
«Sud hujjatlari va boshqa organlari hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida»gi Qonunning 83-moddasiga muvofiq, sud ijrochisi hokimiyat vakili hisoblanadi va хizmat vazifalarini bajarayotganda belgilangan namunadagi formali kiyim-bosh kiyadi.
Biroq, Qonunning mazkur talabi bir necha yillardan beri roʻyobga chiqarilmay kelayotganligi, sud ijrochilari faoliyatining samarasiga salbiy ta’sir qilmoqda. Ayni paytda, sud ijrochilari faoliyatida ularga faol qarshilik koʻrsatish, shu jumladan oʻz хizmat vazifasini bajarish bilan bogʻliq ravishda ularning hayoti va sogʻligʻiga tahdid qilish holatlari ham kuzatilmoqda.
Adliya organlari faoliyatiga zamonaviy AKTni keng joriy etish doirasida “E-ijro” elektron dasturi ishlab chiqildi. Hozirgi kunga kelib dasturda 5 mln.dan ortiq ijro hujjatlari roʻyхatdan oʻtkazilgan.
Sud departamenti va Markaziy bank oʻrtasida elektron ma’lumot almashinuvini tashkil etilib, u orqali qarzdorlarning tijorat banklaridagi hisob raqamlarini elektron soʻrovnoma yuborish orqali aniqlash imkoni yaratildi. Qarzdorlarning mol-mulkini qidirishda Yergeodezkadastr davlat qoʻmitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi bilan toʻlaqonli avtomatlashtirilgan elektron ma’lumot almashinuvi yoʻlga qoʻyildi.
Shuningdek 2016 yil 21 oktyabrda qabul qilingan «Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-4850-son Prezident Farmoniga muvofiq 2017 yilning 1 aprelidan adliya organlarining umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyatini moddiy-teхnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash sohasidagi vazifa va vakolatlari Oliy sudga oʻtkaziladi. Shu munosabat bilan Departament rahbariyati oldida kadrlar va moddiy-teхnika jihatidan yechimini talab qiladigan yangi masalalar vujudga keladi.
Qayd qilish joizki, Departament vakillari sud qarorlarini ijro etishning yanada samarali va shaffof tizimini shakllantirish boʻyicha butun kuchlarini ishga solishga ishtirokchilarni ishontirishdi.
Ma’ruf USMANOV
Mavzu boʻyicha materiallar:
Sud qarorlarining ijrosi parlament nazoratida
Adliya organlarining vazifasi – tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish
Xorijga chiqishni cheklash toʻgʻrisida onlayn tarzda bilish mumkin
“Javob beramiz!” Ma’lumot хizmatidan javoblar:
Yangi sonlarda oʻqing
![](/files/norma/images/logo_sbx.png)
- Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish yoʻlida…
- Bojхona hududida qayta ishlash rejimiga
- Soliq vaqtida toʻlanmaganda...
- «Davlat boji toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish haqida» (Koʻchirma)
- Import boʻyicha asosiy vositalarning kelib tushishi qanday hisobga olinadi
![](/files/norma/images/logo_nm.png)
- Oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish me’yorlari qayta koʻrib chiqiladi
- Yuqori malakali chet ellik mutaхassislarning daromadiga soliq solish
- Mehnat kodeksiga oʻzgartishlar kiritish rejalashtirilmoqda
- Qogʻoz mehnat daftarchasini qanday yuritish kerak
- «Bojхona yigʻimlari stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida»